Kontent qismiga oʻtish

Solih (paygʻambar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Solih alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)

Solih — Qurʼonda zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Hijoz bilan Shom orasida Hijr degan joyda yashovchi bu qavm nafsoniy lazzatlarga berilgan, huzurbaxsh ichimliklar ichib, oʻzlari yasab olgan butlarga sigʻinar edi. Solih ularni faqat Allohga ibodat qilishga chaqiradi. Biroq qavm hidoyat yoʻliga yurish oʻrniga Solihni masxara qila boshlaydi va haqiqatdan ham paygʻambar boʻlsang, bizga moʻʼjiza koʻrsat deb daʼvo qiladi. Shunda Solih Allohdan oʻziga bir moʻʼjiza berishini soʻrab duo qiladi. Alloh Solihning duosini ijobat qiladi va Solih moʻʼjiza koʻrsatib xarsang toshdan tuya chiqaradi. Solih qavmni tuyaga ozor bermaslikka chaqirib, havzadan bir kun tuya, bir kun qavm suv ichishi lozimligini bildiradi (Qamar surasi, 27—28-oyatlar). Ammo, qavm tuyani soʻyib yuboradi, Solih va uning oilasini yoʻqotishga qasd qiladi. Shunda osmondan kuchli chaqmoq yuborilib, ular halok etiladi (Zoriyot surasi, 44-oyat). Solih oʻziga imon keltirgan kishilar bilan birga Falastindagi Ramla degan joyga borib, umrining oxirigacha shu yerda yashaydi.




Andoza:Payg'ambar