Kontent qismiga oʻtish

Enmark Solihov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Solihov Enmark Shokirovichdan yoʻnaltirildi)

Enmark Shokirovich Solihov (1934.12.9, Samarqand) – kompozitor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1984).

1963-yilda Toshkent konservatoriyasini bitirgan. Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi estrada-simfonik orkestrida (1964-1965) va „Oʻzbekkonsert“ (1973-1976)da badiiy rahbar. Oʻzbekiston konservatoriyasida pedagog (1968-1973), dotsent (1996-yildan) va estrada ijrochiligi kafedrasi mudiri (1996-1998), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi raisi (1975-1982), Oʻzbekiston musiqa jamiyati tashkilotchisi va raisi (1987-1991). Ijodida ommabop musiqa janrlariga alohida ahamiyat bergan. „Qiz bola“, „Qaydasan“, „Sogʻindi jon“, „Bahor ohanglari“, „Sevgi bahori“ kabi estrada qoʻshiqlari, „Xoʻja Nasriddin“ operettasi, „Oygul parining sovgʻalari“, „Moʻʼjizali doira“ myuzikllari, „Qalbingda quyosh“, „Nomerga 100 satr“, „Margʻiyona“, „Yana oʻsha Nasriddin“ va boshqa badiiy, hujjatli filmlarga musiqalar yozgan. Shuningdek, „Otashin qoʻshiq“ baleti, simfonik konsert va kamer asarlar muallifi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil