Kontent qismiga oʻtish

Yilnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Solnomadan yoʻnaltirildi)

Yilnoma, solnoma – tarixiy asar. Yilnoma, odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi boʻlgan qalam axli tomonidan yoziladi.

Yilnoma muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Yilnoma yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud boʻlib, VIII asrdan boshlab hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Hijriy yil 2 xil usulda hisoblanadi. Oy kunlari asosida hisoblansa – „hijriy qamariy“, quyosh kunlari asosida hisoblansa – „hijriy shamsiy“ nomi bilan yuritiladi. Qamariy yil 354 kun, shamsiy yil 365 kundir. Bayon qilinayotgan voqea qaysi yilda sodir boʻlgani, yaʼni qamariy yil yoki shamsiy yil ekani yilnomada taʼkidlanadi.

Arab va Eron yilnoma (solnoma) chilari arab yozuvi qabul qilingan vaqtdanoq voqealarning yilma-yil bayonini yoza boshlaganlar. XVII–XIX asrlarda yaratilgan yilnomalarning mualliflari hukmron doiralarning faoliyatini, maqsad va manfaatlarini nazarda tutib ish koʻrganlar. Tarixiy hujjatlarning moxiyati, sabablari, odatda, ilohiy kuchlarga bogʻlab izoxlangan. Yilnomalar uslub jihatdan har xil – baʼzilari tantanavor, baʼzilari soddaroq boʻladi. Masalan, Boburning „Boburnoma“, Mirxondning „Ravzat us-safo“ („Soflik bogʻi“), Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarayi turk“, „Shajarayi tarokima“, Munis Xorazmiy va Ogahiynnng „Firdavs ul-iqbol“ asarlari yilnomaning eng yaxshi namunalaridir.