Kontent qismiga oʻtish

Somiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Somiydan yoʻnaltirildi)

Somiylar (arabcha: السَّامِيُّن as-sāmiyyūn; سَامِيّ sāmiyy s. koʻpl) [qad. Yahudiycha Shem yoki Sim (Som) — Nuh oʻgʻillaridan birining nomi] — 1) Old Osiyoda oʻz davlatlarini barpo etgan va som tillarining ajdodi boʻlgan tillarda soʻzlashgan qad. xalqlar (hozirgi S.ning otabobolari); 2) som tillari oilasiga kiradigan tillarda soʻzlashadigan qad. va hozirgi xalqlar.

"S." termini fanga 18-asrning 80y.larida nemis olimlari A. L. Shlyotser va I. G. Eyxgorn tomonidan kiritilgan. "Bibliya"ning "Qadimiy ahd" qismida bir qancha xalqlar afsonaviy shajara asosida umumiy nom bilan "Som oʻgʻillari" deb atalgan. Biror xalqni S.ga kiritishning asosiy sharti som tillarida soʻzlashganligi (yoki soʻzlashishi) dir. Som tillari somx,om tillari oilasining bir tarmogʻini tashkil etadi. S. til jihatidan qad. misrliklarga qardoshdir.

Fandagi maʼlumotlarga koʻra, S.ning ajdodlari qadimda Saxroi Kabirning shimolida yashagan deb taxmin qilinadi. U yerdan taxminan mil. av. 5ming yillik boshlarida iqlim sharoitlarining keskin oʻzgarishi natijasida sharqqa qarab siljigan boʻlsalar kerak.

Eng keng tarqalgan fikrlarga koʻra, mil. av. 4ming yillik oxiri — 3ming yillik boshlarida Somoniylar katta guruh (Sharqiy va Gʻarbiy)ga boʻlingan (tilga qarab). Sharqiy (shimoli-sharqiy) guruh Janubiy ikki daryo oraligʻining shimol qismida joylashadi va shumerlar bilan qoʻshiladi (mil. av. 3ming yillik boshi). Bu guruh vakillari akkad tilida soʻzlashgan. Mil. av. 3ming yillik oʻrtalarida akkadliklar Janubiy ikki daryo oraligʻining jan. qismlariga kirib boradi, soʻngra Somoniylarning shimoli sharqiy guruhi tili shumer tilini siqib chiqaradi. Bu guruhning keyingi takdiri Akkad, Ossuriya, Bobil tarixi bilan bogʻliq.

Somoniylarning Gʻarbiy guruhi, oʻz navbatida, 2 yoki 3 guruxga boʻlinadi. Shimoli-gʻarbiy guruhi Falastin, Suriya, Shimoliy ikki daryo oraligʻiga 2 marta kelib joylashgan boʻlib, uning vakillari amoriylar va xanaanlar, keyinchalik finikiylar va yahudiylar (mil. av. 2ming yillik oxiridan) va S.ning alohida guruhi — arameylar boʻlgan; arameylarning alohida qabilalari (xaldeylar) Janubiy ikki daryo oraligʻiga siljigan va hattoki Tigr daryosi boʻylarigacha kirib borgan. S.ning 3(jan.somiy) guruhi mil. av. 2-ming yillikda Arabiston ya. o. hududini egallagan. Shu guruxning bir qismi u vaqtda Janubiy Arabistondagi qad. davlatlar (Mayna, Saba, Kataban, Xadramaut)ning aholisi (mainliklar, xadramautliklar, sabeyliklar, katabanliklar)ni tashkil etgan. Bu guruh vakillari mil. av. 1ming yillikda Efiopiya (Habashiston)ga tarqalgan boʻlishi ehtimol. Janubiy S.ning shim. guruhi mil. av. 2 va 1 ming yillikda lixyoniylar, samud va boshqa dan iborat boʻlgan, mil. av. 1ming yillik boshlarida ular bir umumiy nom bilan arablar deb atalgan. Arablarning Arabiston ya. o. dan boshqa mamlakatlarga chiqishi (mil. 7-asr) S. ning keng miqyosda tarqalishidan biri hisoblanadi. Hozir somiy tilida soʻzlashadigan xalqlarga: arablar, Janubiy Arabistonda yashaydigan Janubiy S.ning jan. kichik guruxi avlodlari (maxri va shaxrilar, Sokotra o. axoliyey), Efiopiyada yashaydigan amhara va boshqa xalqdar, Isroil yaxudiylari, suriyaliklar kiradi.

Ad.:Dyakonov I.M., Semitohamitskiye yaziki, M., 1965; Krachkovskiy I. Yu., Ocherki po istorii russkoy arabistiki, Soch., t. 5, M.—L., 1958; Krimskiy A., Semitskiye yaziki i narodi, t. 2—3, M., 1909—1912. Javli Tursunov.