Kontent qismiga oʻtish

Somon yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Somon yo‘lidan yoʻnaltirildi)

Somon yoʻli — Shimoliy qutbi Veronika sochlari yulduz turkumida boʻlib, osmonni deyarli katta aylana boʻylab oʻrab olgan xira nurlanuvchi yoʻl; Shimoliy yarimshardagi Oqqush yulduzlari turkumidan boshlanib, janubga ikkita alohida tarmoq holida choʻziladi va bizga koʻrinmaydigan Janubiy But yulduz turkumida birlashadi. Somon yoʻlining tuzilishi juda murakkab: baʼzi joyda 30° gacha kengaysa, baʼzi joyda 4—5° gacha torayadi. Somon yoʻlining ravshanligi hamma joylarda bir xil emas. Somon yoʻlining eng xira qismi Aravakash yulduz turkumi atrofida joylashgan. Galileo Galilei 1610-yilda Somon yoʻlini kuzatib, uning juda koʻp sonli xira yulduzlar toʻplamidan iboratligini tasdiqladi. Somon yoʻli yulduzlari toʻplami tartibsiz boʻlmay, oʻzaro tortish kuchi bilan bogʻlangan sistemani hosil qiladi. Bu yulduzlar sistemasi Galaktika deb atalib, uning markazi Oqqush, Qavs yulduz turkumlari oraligʻida joylashgan.

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]