Paxtachilik instituti
Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (OʻzPITI) — paxtachilik sohasidagi eng yirik ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1929-yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI) nomi bilan tashkil etilgan. 1983—92 yillarda "Soyuzxlopok" IB, 1992-yildan hozirgi nomda. Toshkent viloyati Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan.
Dastlab SoyuzNIXI tarkibiga markaziy seleksiya styasi, markaziy oʻsimliklarni himoya qilish styasi, mexanizatsiya va gʻoʻza agrotexnikasi styasi, shuningdek, Tojikiston, Turkmenistan, Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalari tajriba styalari kirgan (hozirda ular alohida ilmiy tadqiqotlarlariga aylangan). SoyuzNIXI tashkil topgan kundan boshlab Oʻrta Osiyo va Ozarbayjon uchun paxtachilik sohasidagi ilmiy markaz boʻlib, tadqiqotlarni muvofiqlashtirish ishlarini ham amalga oshirgan.
Institutda 12 ta boʻlim (2003): almashlab ekish va gʻoʻza viltiga qarshi ku-rash; gʻoʻza seleksiyasi va urugʻshunosligi; yangi va rayonlashtirilgan gʻoʻza navlari agrotexnikasi; oʻgʻitlar; melioratsiya; sugʻorish va suv quyish texni-kasi; tuproqqa ishlov berish; oʻsimliklar oʻsishini sozlovchi moddalar va defoliatsiya; oʻsimliklar fiziologiyasi; tuproq eroziyasiga qarshi kurash, agroekologiya va yalpi taxlillar; iqtisodiyot, targʻibot, joriy etish, rejalashtirish va ilmiy ishlarni muvofiklashtirish; paxta majmuidagi ziroatlarda noanʼanaviy agrorudalarni qoʻllash texnologiyasi va agrometeostansiya bor. OʻzPITI tarkibida 11 filial: L.V. Rumshevich nomidagi Andijon (sobiq Fargʻona zonal paxta-beda tajriba styasi; 1930), Buxoro (1929), Jizzax (1972). Navoiy (1995), Namangan (1992), Samarqand (1959), Sirda-ryo (1994; 1928-yildan Markaziy melio-rativ tadqiqot styasi), M.S.Istomin nomidagi Surxondaryo (1954), Fargʻona (1927), Xorazm (1929) va Qashqadaryo (1968) filiallari ishlaydi. Toshkent viloyati Qibray tumanida Markaziy tajriba xoʻjaligi, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida A. Navoiy nomli, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida Yangiobod va Denov tumanida Hazor-bogʻ shirkat xoʻjaliklari, Termiz tumanida "Doʻstlik" hamda Fargʻona viloyati Quva tumanida "Oʻzbekiston" shirkat tajriba xoʻjaliklarida paxtachilik, gʻallachilik va dehqonchilikning boshqa tarmoqdarini rivojlan-tirish boʻyicha ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi (2003).
Institutda 100 dan ortiq ingichka va oʻrta tolali navlari: 108-F (qarang Bir yuz sakkiz-F), 138-F, 149-F, Qirgʻiziston-3, Fargʻona-3, Buxoro-6, SoyuzNI-XI-11, Xorazm-126, Xorazm-127, Oqdaryo-6, Qashqadaryo-1, Gulsara, Andijon va Termiz gʻoʻza navlari guruxi, 1-A tipga mansub ingichka tolali Bu-xoro-7 navi hamda bedaning bir necha navlari yaratilgan. OʻzPITI respublikaning paxtakor xoʻjaliklari uchun paxtachilik sohasida agrotexnologiya, tuproq unumdorligini va paxta hosiddorligini oshirish, tovar don va yuqori sifatli ozuka yetishtirishni taʼminlaydigan samarali paxta-bedagʻalla almashlab ekish tizimlarini ishlab chikdi. Shoʻrlangan, kum va eroziyaga moyil yerlardan samarali foydalanish, shoʻrlangan yerlarning shoʻrini yuvish, gidromodul rayonlashtirish, sugʻorishda noanʼanaviy usullardan foydalanish, paxtachilikda noanʼanaviy agrorudalarni oziqlantirish maqsadida qoʻllash, oʻsishni sozlovchi moddalardan va samarali de-foliantlardan foydalanish texnologiyasi yaratiddi. Shuningdek, boshqa ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda gʻatla-don afotexnikasi respublikaning har xil tuproq-iqlim sharoitlarida ishlab chiqildi.
OʻzPITI olimlari Jazoir, Liviya, Suriya, Yaman, Iroq, Efiopiya, Angola, Mozambik, Mongoliya, Vyetnam, Xitoy mamlakatlarida paxtachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa sohalarini rivojlantirish ishiga katta ilmiy-amaliy yordam koʻrsatib kelganlar.
Institut faoliyati A. I. Avtonomov, M.A.Belousov, P.M.Bodrov, B.P. Straumal, S. N. Rijov, L. V. Rumshevich, N. M.Mannonov, Z.STursunxujayev, S.X. Yoʻldoshev, A.I. Imomapiyev, V.P. Kondratyuk, V.M.Legostayev, I.I.Madraimov, B.P.Machigin, M.P.Mednis, A.V.Protasov, N.N.Zelenin, T.S. Zokirov, Sh.I. Ibrohimov, Q.M.Mirzajonov, B.M.Isayev, M.S.Istomin, M.R.Yunusov, N.A.Toropkina, Sh.N.Nurmatov, I.M.Raxmatov, S.S.Saidumarov, R.Sh. Tillayev, S. R. Raxmonqulov, N.I.Mallaboyev, M.H.Hasanov, A.E.Avliyoqulov, G.A.Bezborodov, B.I. Niyozaliyev, F.M.Xasanova va boshqa olimlarning nomlari bilan bogʻliq.
Institutda mehnat qilgan seleksioner olimlardan Sh.I.Ibrohimov, Ye.M.Gavrilov, A.A.Tvorogova, N.H.Xolmuro-dov, A.E.Avliyoqulov, M.T.Tojiyev, V.M.Istomin, B.Ch.Joʻrayev (Termiz-14 navi uchun; 1987); A.M.Battalov (Buxoro-6 navi uchun; 1996), K.Mahmadaliyev (Fargʻona-3 navi uchun; 1996) Abu Rayhon Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laure-atiga sazovor boʻlganlar. Gʻoʻza seleksiyasi boʻyicha erishgan yutuqlari uchun A.M.Battalov (2002), V.M.Istomin (2003) Mehnat Shuhrati ordeni bilan takdirlanganlar. Institutda ilmiy kutubxona, aspirantura va ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud. Ilmiy asarlar, monografiyalar, risolalar, tavsiyanomalar nashr etiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |