Kontent qismiga oʻtish

Stanford universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Stanford Universitydan yoʻnaltirildi)
Stanford universiteti
Shiori The wind of freedom blows
Turi Xususiy universitet
Asos solingan sanasi 1891
Rektori John L. Hennessy
Talabalari 15,870
Doktorantura 8,871
Professorlari 1,995
Joylashuvi

Stanford universiteti yoki Stanford Amerika Qoʻshma shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan xususiy universitet[1][2]. Fan, texnologiya, biznes boshqaruvi va boshqa bir qancha sohalar boʻyicha AQShda va jahonda yetakchi oʻrinda turadi[3][4][5][6][7]. U yerda 17,000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Stanford universiteti kampusining tepadan koʻrnishi

Universitet 1885-yil Leland va Jane Stanford tomonidan 15 yoshida typhoid isitmasidan vafot etgan yagona farzandi Leland Stanford Jr xotirasiga asoslangan. Universitet xususiy mablagʻ hisobiga tashkil etilgan. Leland Amerikalik senator va Kaliforniyaning gubernatori bo'lib, temir magnati sifatida boylik ottirgan. Stanford 1893 yilda Leland o'limidan so'ng va yana 1906 yil San-Fransiskodagi zilzila tufayli kampusning koʻp qismi vayron boʻlganidan keyin moliyaviy qiyinchilikni boshdan o'tqazdi.Stanford ilmiy tadqiqotlar parki deb nomlangan ilmiy-sanoat hududiy majmua tarkibiga kiradi. Geologiya, gumanitar va aniq fanlar, huquqshunoslik, tibbiyot, pedagog, jismoniy tarbiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 13 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida (1885-yil tashkil etilgan) 3,5 milliondan ortiq asar saqlanadi.

"US News" kompaniyasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra qabul qilish ehtimolligi eng past universitet deb ta'kidlangan (4% - har 100 ta odamdan o'rtacha 4 kishi). Qabul qilingan talabalarning yarmi 1440-1570 SAT va 32-35 ACTga ega. Qabul jarayonida o'quvchining maktabda olgan baholar, uning maktabdagi o'rni va unga berilgan tavsifnomalar muhim rol o'ynaydi. 2019-yilgi qabul jarayonidan boshlab o'quvchining maktabdan tashqarida qilgan ishlari, qiziqishlari, volontyorlik va non-akademik ishlari o'quvchi arizasining eng asosiy qismi deya qaraladigan bo'ldi.

2015-yilgi qabuldan boshlab, yillik daromadi $65000 dan kam boʻlgan oila farzandlarining koʻpi yotoqxona va kontrakt pulidan ozod qilinadi. Daromadi $125000 dan kam boʻlgan oila farzandlarining ba'zilari esa kontrakt pulidan ozod etiladi. "Pell Granti" universitetda o'qishga puli yetmaydigan, ammo universitetda o'qishga loyiq boʻlgan o'quvchilar uchun tashkil etilgan grant hisoblanadi. "Qualia Global Scholars Program" granti esa kompyuter savodxonligi yo'nalishi talabalari uchun tashkil etilgan. E'tiborli tomoni esa, Stanford universiteti stipendiya, grant va moliyaviy yordamlarning koʻp qismi Amerikalik o'quvchilargagina ajratiladi. Qabul jarayonida moliyaviy jihatdan ham kuchli boʻlgan xalqaro o'quvchilarni qabul qilishga harakat qilinadi. Shu sababli, boshqa davlat o'quvchilariga koʻp miqdorda stipendiya yoki grant ajratilish holati kam uchraydi.[1]

  1. „'Return of Organization Exempt from Income Tax – 2013' (IRS Form 990)“ (en-US). foundationcenter.org. 990s.foundationcenter.org. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
  2. University, © Stanford; Stanford; California 94305 „The founding grant : with amendments, legislation, and court decrees“ (en-US). purl.stanford.edu. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  3. „The top 50 universities by reputation“ (en-US). timeshighereducation.com (2020-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  4. „QS World University Rankings 2021“ (en-US). Top Universities (2020-yil 28-may). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  5. „World University Rankings 2020-21 | CWUR“ (en). cwur.org. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  6. „World University Rankings“ (en-US). Times Higher Education (THE) (2019-yil 20-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  7. „Academic Ranking of World Universities 2021“ (en-US). ShanghaiRanking. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Lee Altenberg, Beyond Capitalism: Leland Stanford's Forgotten Vision (Stanford Historical Society, 1990)
  • Ronald N. Bracewell, Trees of Stanford and Environs (Stanford Historical Society, 2005)
  • Ken Fenyo, The Stanford Daily 100 Years of Headlines (2003), ISBN 0-9743654-0-8
  • Jean Fetter, Questions and Admissions: Reflections on 100,000 Admissions Decisions at Stanford (1997), ISBN 0-8047-3158-6
  • Ricard Joncas, David Neumann, and Paul V. Turner. The Campus Guide: Stanford University. Princeton Architectural Press, 2006. doi:10.1007/1-56898-664-5. ISBN 978-1-56898-538-1 (print); ISBN 978-1-56898-664-7 (online).
  • Stuart W. Leslie, The Cold War and American Science: The Military-Industrial-Academic Complex at MIT and Stanford, Columbia University Press, 1994
  • Rebecca S. Lowen, R. S. Lowen, Creating the Cold War University: The Transformation of Stanford, University of California Press, 1997