Stefenson
Qiyofa
(Stivenson Jorjdan yoʻnaltirildi)
Stefenson, Stivenson (Stephenson) Jorj (1781.9.6, Uaylem, Nortamberlend — 1848.12.8, TeptonXaus, Chesterfidd) — ingliz konstruktori va ixtirochisi. Parovozlar qurish bilan shugʻullangan. 1814-yil yordamchilari R. Trevitik va J. Stila bilan birinchi parovoz "Blyuxer"ni yaratdi, 1829-yil mukammalroq "Raketa" parovozini yasadi. 1823-yil Angliya (Nyukasl) da birinchi parovozsozlik zavodiga asos soldi. U birinchi temir yoʻl liniyasi (StoktonDarlington) qurilishiga boshchilik qildi. Dunyoda birinchi boʻlib temir yoʻl texnikasiga doir masalalar: temir yoʻl koʻpriklari va boshqa sunʼiy inshootlar qurish, tosh tayanchlar ustiga temir relslar oʻrnatish va boshqa masalalarni hal qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |