Nikolay Straxov
Nikolay Mixaylovich Straxov (1900.2(15).4, Volxov shahri, hozirgi Oryol viloyati — 1978, 13.7, Moskva] — rus geologi va geokimyogari, SSSR Fanlar akademiyasi akademik. (1953), hozirgi zamon nazariy litologiyasi asoschilaridan biri. Asosiy ilmiy ishlari Kora, Kaspiy, Orol dengizlari, Balxash koʻli, Tinch, Atlantika va Hind okeanlaridagi hozirgi choʻkindilar genezisini aniklashga bagʻishlangan. S. litogeneznij 4 tipini aniqladi va ularning Yer tarixidagi evolyusiyasini tavsifladi; diagenez, galogenez va gumid ruda hosil boʻlishi nazariyalarini ishlab chikdi; yonuvchi slanetslar, tuzlar, temir va marganets rudalari, ohaqtoshdolomitli togʻ jinslarini tekshirdi. S. choʻkindi jinslar geokimyosi taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshdi, migratsiya shakllari, qad. suv havzalari, okean, dengiz va daryolarda Gʻe, Mp, R, V va boshqa kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini oʻrgandi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |