Subantarktika mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Subantarktika Mintaqasidan yoʻnaltirildi)

Subantarktika mintaqasi - Janubiy yarim shardagi geografik mintaqa, shimolida moʻʼtadil va janubida antarktika mintaqalari orasida, 58°—60° va 65°— 67° j.k.liklar oraligʻida joylashgan. Asosan, okeanlarga toʻgʻri keladi. Iklimi sovuq, havoning oʻrtacha temperaturasi qishda —5° dan —15° gacha, yezda 0—2°; shamolli, tumanli kunlar koʻp. Qishda suv yuzasi muzlaydi. Yogin miqdori 500 mm. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi.