Kontent qismiga oʻtish

Subtropik gʻoʻzalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Subtropik g`o`zalardan yoʻnaltirildi)

Subtropik gʻoʻzalar, gʻoʻzaning subtropik shakllari — hozir ekilayotgan Gʻuzaning yuksak darajada madaniylashtirilgan evolyusion shakllari. Ular xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qariyb barcha belgi va koʻrsatkichlar boʻyicha uzoq tanlash va jahon paxtachiligining qimmatli genofondi mahsulidir. S.gʻ. uzoq yashamaydigan, simpodial va keskin simpodial yarim oʻtsimon buta. Tuklanish darajasi, barg plastinkasining kattaligi va shakli, chigitlarining tuklanishi, tupining tipi, boʻgimlari oraligʻining uzunligi, simpodial shoxlarining tipi, koʻsaklarining kattaligi va shakli, tolasining uzunligi, tola chiqishi va boshqa sifatlari oʻzgarib turadi. Tolasi oq, och sariq, baquvvat va uzun; yovvoyi holda oʻsish qobiliyatini yoʻqotgan. S. g. turli kasalliklarga nisbatan ekologik chidamliligi, hosildorligi, koʻsagining yirikligi, tolasining texnologik sifati yaxshiligi tufayli dunyodagi gʻoʻza ekiladigan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan. Arealning turli qismlarida agroekologik sharoitlarga koʻra ekologikgeografik shakllarning oʻsha joylar sharoitiga moslashgan guruxlari, mas, Meksika gʻoʻzasintg Sharqiy Amerika, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Xitoy, Janubiy Afrika, Bolqon va boshqalarda oʻsadigan alohida guruxlari shakllangan.

Abdumavlon Abdumayev.