Kontent qismiga oʻtish

Sud ijrochisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sud Ijrochisidan yoʻnaltirildi)

Sud ijrochisi (OʻzRda) - fukarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrim va boshqa qarorlarini, jinoyat ishlari boʻyicha hukm, qaror va ajrimlarining mulkiy jazoni ijro etish, moddiy qiymatliklarni undirishga oid qismlarini, shuningdek, qonunda koʻzda tutilgan boshqa hollarda maʼmuriy idoralarning qaror va farmoyishlarini majburiy ravishda amalga oshiruvchi mansabdor shaxs. Si., odatda, oliy yuridik yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega boʻlishi talab qilinadi. Sud ijrochisini Adliya vazirligi huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Si. tomonidan qoʻyiladigan talablar respublika hududidagi barcha korxonalar, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiydir. Si. ijroni qarzdorning turar joyida yoki uning mulki turgan joyda bajaradi. Si. tomonidan qarorlarni majburiy ijro ettirish uchun qoʻllaniladigan choralar jumlasiga quyidagilar kiradi: qarzdorning mulkini xatga olish va sotish orqali undirishni taʼminlash; qarzdorning ish haqi, pensiya va boshqa daromadlaridan, boshqa shaxslarda saqlanayotgan pul summasi yoki mulkidan undirish orqali ijro etish; sud hal qiluv qarorlarida koʻrsatilgan predmetlarni qarzdordan undiruvchiga olib berish va shu kabi Si oʻz vazifalarini bajarayotganida "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (2001-yil 29 avgust) ga amal qiladi.