Kontent qismiga oʻtish

Sulton Akbariy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sulton akbariydan yoʻnaltirildi)

Sulton akbariy (taxallusi; asl ism-sharifi Akbarov Sulton) (1923.3.12 —Toshkent—1997.3.6) — shoir, jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—45). "Lenin uchquni" (1946—47), "Yosh leninchi" (1952—53), "Qizil Oʻzbekiston" (1953—59) gaz. larida ishlagan. Badiiy adabiyot nashriyotida bosh muharrir (1960—63), "Toshkent haqiqati", "Sirdaryo haqiqati" gaz. larida masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari (1963—64). "Sharq yudduzi" (1964—66), "Guliston" (1968) jurnalilarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, "Oʻqituvchilar gazetasi"da muharrir oʻrinbosari (1968-yildan). Ijodi 1940-yildan boshlangan. Baxshiyona uslubda ijod qilgan. "Imonim, eʼtiqodim", "Yaralangan qoʻshiqlar", "Suluv suluv emas, suygan suluv", "Shukrona", "Mehrigiyo" (1956), "Dovon va devon", "Koʻngil ohanglari" (1968) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. S.A. dostonnavis sifatida ham koʻplab asarlar yozgan: "Girdob", (1964), "Us tod" (1970), "Qatagʻon" (1992). Qirgʻiz eposi "Manasning 3-kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.