Kontent qismiga oʻtish

Sulton Mahmudxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sulton mahmudxondan yoʻnaltirildi)
Sulton Mahmudxon
Moʻgʻuliston xoni
Mansab davri
1487 – 1508
Oʻtmishdoshi Yunusxon
Vorisi Mansurxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1463 yoki 1464
Moʻgʻuliston
Vafoti 1508
Otasi Yunusxon
Dini Islom

Sulton mahmudxon (1463 yoki 1464 – 1508) — Moʻgʻuliston xoni (1487 – 1508). Chigʻatoiylarlan. Yunusxonnnng oʻgʻli, onasi – Shohbegim, Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi. Boburning togʻasi. 1487-yil otasi vafot etgach, moʻgʻullar rusumiga koʻra taxtga oʻtqazilgan. Bundan xabar topgan Umarshayx Mirzo Fargʻona tomondan, Sulton Ahmad Mirzo Samarqand tomondan SM.ga qarshi chiqqan. Umarshayx Mirzo qoʻshini Toshkent yaqinidagi mustaqkam Ashtar qalʼasini qamal etgan. S.M. qoʻshinga bosh boʻlib mudofaaga rahbarlik qilgan va jangda gʻolib chiqqan. 1488-yil Sulton Ahmad Mirzo qoʻshini ustidan Chir (Chirchiq) daryosi boʻyida gʻalaba qozongan. Natijada S.M.ning obroʻsi, kuchqudrati oshgan.

Moʻgʻulistonning sharqiy qismiga ukasi Sulton Ahmadxon (Olachaxon), Gʻarbiy qismiga oʻzi bosh boʻlib, qarorgohi — Toshkent shahrida joylashgan. 1493-yil Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning katta qizi Robiya Sulton begim (Qorakoʻz begim)ga uylangan. Samarqand va uning atrofida S.M.ni Xonikaxon deb atashgan. SM. doimo qoʻshni davlatlarning ishlariga aralashgan. Sulton Ahmad Mirzo vafotidan soʻng S.M. Samarqand taxtini egallash uchun yurish qilgan, biroq 1495-yil Kanboy yaqinida Boysungʻur mirzo tomoni| dan magʻlubiyatga uchragan. S.M.ni Fargʻonaga yurish qilishi ehtimolidan xavfsiragan Bobur uning oliy xrkimiyatini tan olgan. 1498-yil 5 ming kishilik qoʻshin bilan Samarqandga yurish qilgan, biroq shim.dan Shayboniyxon qoʻshinlari Movarounnahrga kelayotganidan darak topgach, chekinishga majbur boʻlgan. U temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxonni oʻziga ittifoqchi qilish maqsadida_unga Oʻtror shahrini bergan. Shayboniyxon CM. yordamida Samarqand, Buxoroni qoʻlga olgan. Shayboniyxonning kuchayib ketishidan xavfsiragan S.M. temuriylarni qoʻllabquvvatlay boshlagan.

Boburta Samarqandni egallashida harbiy yordam bergan. Bobur uning saroyida, Toshkentda maʼlum muddat yashagan (1501—02). 1503-yil SM. va ukasi Sulton Ahmadxonlarning birlashgan qoʻshini Arxiyon qalʼasi (Fargʻona) yaqinvda Shayboniyxon qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan, akaukalar asir tushgan. SM.ning Toshkentga vaqtinchalik hokim qilib qoldirilgan oʻgʻli Sulton Muhammad shaharni tashlab qochgan. Shayboniyxon Toshkentni egallab, uni amakisi Suyunchxoʻjaxonga bergan. S.M. va ukasiga shafqat qilib qoʻyib yuborgan. Ular Moʻgulistonga ketishgan, bir ozdan soʻng Sulton Ahmadxon vafot etgan. Taxt uchun kurashda S.M. yolgʻizlanib, ancha qiyinchiliklarga duch kelgan. U koʻmak istab Shayboniyxon xuzuriga kelgan. Biroq Shayboniyxon S.M.ni farzandlari bilan birga Xoʻjand daryosi boʻyida qatl ettirgan.

  • Baburname, T., 1993; Materialoʻ po istorii kazaxskix xanstv XV—XVII vv., AlmaAta, 1969; Mirzo Muhammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996.
  • Yulduzli tunlar., 1978; Roman; Primqul Qodirov