Kontent qismiga oʻtish

Karamatdin Sultonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sultonov Karamatdindan yoʻnaltirildi)

Karamatdin Sultonov (1924.5.9, Qoraqalpogʻiston, Moʻynoq tumani Okdaryo qishlogʻi — 1989, Nukus) — Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1973). 1949—51 yillarda "Qizil Karakalpakstan" va "Jas leninshi" gaz.larida ishlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — "Mening doʻstlarim" (1956). "Ovuldoshlarim" (1960), "Oltin davr shamoli" (1959), "Davr qoʻshigʻi" (1972) kabi hikoya va sheʼrlar toʻplamlarida qoraqalpoq xalqininghayoti aks etgan. 1962-yil "Oqdaryo" romanini yozgan. Asar oʻzbek (1967) va rus (1974) tillarida nashr etilgan. S.ning "Ajiniyoz" tarixiy romani (1971) qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri va klassigi Ajiniyozta bagʻishlangan. "Davr taʼrifi" (1971), "Keksalar qikoyalari" (1972), "Oʻtgan kunlar" (1973), "Xotiralar" (1975) kabi qissalar muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat mukofoti laureati (1985).