Kontent qismiga oʻtish

Antimonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Surma yaltirogʻidan yoʻnaltirildi)
Antimonit

Antimonit (surma yaltirogi) -sulfidlar sinfiga mansub mineral. Sb2S3. Aralashmalari: Bi, As, Ag, Ai. Qattiqligi 2 — 2,5. S.ogʻ. 4,5 — 4,6. Moʻrt. Rangi poʻlatsimon kulrang. Kristallari ignaga oʻxshash va prizmatik shaklda. Yaxlit massa tariqasida ham uchraydi. Koʻpincha, u kinovar bilan past temperaturali (epitermal) konlarda boʻladi. Surma oli-nadigan asosiy mineral. A.ning yirik konlari Yaponiya, Xitoy, Rossiya (Krasno-yarsk oʻlkasi) va Ukrainada; Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysi, Qizilqum (Qaqpatos)da uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil