Kontent qismiga oʻtish

Rasmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Surxidan yoʻnaltirildi)

Rasmi, Surxi, Taamuli, Tojiki — oʻrtapishar xoʻrakivinobop uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga mansub. Tojikistonda va Surxondaryo viloyatida yetishtiriladi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali. Guli ikki jinsli. Shingili yirik, tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, och yashil, poʻsti oʻrtacha qalin, ancha qattiq, etdor, sersuv. Taʼmi yaxshi. Mevasi, kurtagi boʻrtgandan keyin 145—150 kunda faol harorat yigʻindisi 3200—3350° boʻlganda toʻla pishib yetiladi. Hosildorligi 120—160 s/ga. Novdalari yaxshi pishadi. Zamburugʻ kasalliklari bilan kam zararlanadi. Yangiligida isʼtemol qilinadi. Ovqat ustida ichiladigan va shampan vinolarini tayyorlashda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil