Kontent qismiga oʻtish

Surxon-Sherobod qator tepalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Surxon-sherobod qator tepalaridan yoʻnaltirildi)

Surxon-sherobod qator tepalari — Surxondaryodagi qator tepalar. Surxondaryo va Boysun botiqlari orasida joylashgan. Jan.gʻarbdan shim.gʻarb tomon choʻzilgan. Tarkibidagi KalifSherobod tepasi (jan.gʻarbda Qorabozor dovonidan boshlanib, shimoli-sharqsa Sherobod daryosigacha davom etgan. Tepaning oʻrtacha bal. 900– 1000 m, eng baland joyi 1126 m. Sherobod daryosidan sharqda SherobodSariqamish tepasi boshlanadi. Uning shim. qismi deyarli meridian boʻylab choʻzilgan. Eng baland joyi shim. qismida (1216 m). SherobodSariqamish tepasining janubi-sharqida Hovdogʻ (bal. 557 m), Uchqizil (414 m) va boshqa tepalar joylashgan boʻlib, ularning nisbiy bal. 40–100 m. Hovdogʻ tepaligi Surxondaryo voqasini Sherobod vohasidan ajratib turadi. Tepalar juda yemirilgan, yon bagʻirlari koʻplab soy va jarlar bilan kesilgan, ularni kesib oʻtgan baʼzi daryolar (Sherobod, Oqqopchigʻay va boshqalar) chuqur daralar hosil qilgan.

Tepalar tektonik jihatdan antiklinal va braxiantiklinal strukturadir. Ular boʻr, paleogen, neogen va quyi toʻrtlamchi davrning gil, ohaktosh, qumtosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tuzilgan. Tepalarning shakllanishi neogen davrida boshlanib, toʻrtlamchi davrda ham davom etmoqda. Iklimi keskin kontinental, yogʻin kam (130–250 mm), surqoʻngʻir, boʻztuproklar tarqalgan. Oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra, turls efemerlar oʻsadi. Tabiiy boyliklardan neft, tabiiy gaz, mineraltermal yer osti suvlari, yil boʻyi foydalaniladigan yaylovlar, sovuq va issiq fasllarda chorva mollari saqlanadigan gʻorlar bor. Murod Mamatqulov.