Kontent qismiga oʻtish

Raketa dvigateli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Raketa dvigateli (RD) — atrofmuhit (havo, suv) dan foydalanmay ishlaydigan reaktiv dvigatel. Reaktiv oqim kinetik energiyaga aylanuvchi energiyaning turiga qarab, kimyoviy, yadroviy, elektr xillariga bulinadi.

Kimyoviy RD, asosan, ikki kiyem — yonish kamerasi va reaktiv soplodan iborat. Yonish kamerasida oʻtadigan kimyoviy reaksiya natijasida yonilgʻi qizigan gazlarga aylanadi. Bu gazlar reaktiv soplolarda kengayib, katta tezlik bilan tashqariga chiqqanda reaktiv tortish kuchi vujudga keladi. Gaz kancha tez chiqsa, reaktiv tortish kuchi shuncha katta boʻladi. Bu koʻrsatkich yonilgʻining sifatiga bogʻliq. RD suyuq yonilgʻi va qattiq yoqilgʻida ishlashi mumkin. Qattiq yoqilgʻili RD (QYORD) bir necha yuz yildan beri maʼlum. Dastlab, yoqilgʻi sifatida qora porox, soʻngra tutunsiz porox ishlatilgan, keyinchalik murakkab tarkibli yonilgʻi ishlatila boshladi. QYORD, asosan, harbiy texnikada (raketa artilleriyasida), yaʼni turli tipdagi reaktiv qurilmalarda ishlatiladi. Juda katta oʻlchamli va juda uzoqqa uchib boradigan raketalar (Mas, qitʼalararo ballistik raketalar) kosmonavtikatsz. ham qoʻllanadi. Mas, bir bosqichli eltuvchi raketa uchun QYORD ishlatish mumkin. QYORD yuzlarcha t tortish kuchi vujudga keltira oladi.

Kosmik parvozlar uchun, asosan, suyuq yonilgʻili RD (SYORD) ishlatiladi (racm). Uni K.E. Siolkovskiy 1903-yilda taklif qilgan. Birinchi sovet SYORD Leningraddagi Gazodinamik laboratoriya (GDL)da 1930—31 yillarda yaratildi. F.A.Sander ishlab chiqqan RD suyuq kislorod va benzindan iborat yonilgʻida sinab kurildi (1933). Keyinchalik, Yer sunʼiy yoʻldoshlari uchirishni, birinchi kosmonavtlarning parvozini taʼminlagan kuchli dvigatellar (RD107 va boshqalar) ishlab chiqildi. SYORD yonish kamerasi, reaktiv soplo, turbonasos agregati, gaz generatori, bugʻgaz generatori, avtomatik tizim, rostlash organlari, oʻt oldirish tizimi, telemetrik datchiklar, yordamchi agregatlar, rama va boshqalardan iborat. SYORD bir yoki koʻp kamerali bulishi mumkin. U vazifasiga koʻra, asosiy (marsh), korreksiyalovchi (tuzatuvchi), yunalishini tormozlovchi, uzgartiruvchi xillarga ajraladi.

Aralash yonilgʻili RD da yonilgʻining suyuq va qattiq komponentlaridan bir vaqtda foydalaniladi. Bunda geterogen yonilgʻi RD ning yonish kamerasiga qattiq yonilgʻi joylashtiriladi, suyuqyonilgʻi esa bakdan uzatiladi. Yadro RD da erishiladigan solishtirma tortish kuchiga qaraganda ancha katta tortish kuchi hosil kilish mumkin.

Reaktorda ajratiladigan issiklik ish jismini qizdirishga sarflanadi, chunki bunda energiya manbai va ish jismi alohidaalohida boʻladi. RD ning solishtirma tortish kuchini oshirishda yadro energiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi. Elektr RD (ERD) yordamida solishtirma tortish kuchini yuzlarcha marta oshirish mumkin. Bunda elektr energiyasi reaktiv oqimning kinetik energiyasiga aylanadi.

Foton yoki kvant RD nazariy jihatdan eng mukammal dvigatel hisoblanadi. Bunda reaktiv oqimni nurlanish kvantlari hosil qiladi. Juda uzok va murakkab kosmik parvozlarda foton RD juda qoʻl kelardi, lekin hali bunday dvigatellar yaratilganicha yoʻq (2004). Aviatsiyada RD asosan yordamchi dvigatellar sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil