Kontent qismiga oʻtish

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(TDIUdan yoʻnaltirildi)
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Xalqaro nomi
Tashkent State University of Economics
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1931-yil
Rektori Toʻlqin Teshaboyev
Fakultetlar 14
Talabalari ~ 44 360[1]
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Aspirantura bor
Doktorantura bor
Fan doktorlari 42
Professorlari 76
Oʻqituvchilari 2317
Joylashuvi
Toshkent
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti tsue.uz

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy universitetlardan biri.

Universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik taʼminot boʻyicha oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitet tarkibiga 14 ta fakultet, kafedra, ilmiy-tadqiqot markazlari, litsey, texnikumlar kiradi[2].

1918-yilda Turkiston xalq universitetida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etildi[3]. 1924-yil Turkiston universiteti qoshida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar negizida ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti tashkil etildi. 1925-yil Turkiston universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirilib, uning negizida mahalliy iqtisodiyot va huquq fakulteti tashkil etildi. 1931-yilda Toshkentda rejalashtirish institutini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, keyinchalik u Oʻrta Osiyo davlat savdo va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan mashhur boʻldi. 1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirilga. 1946-yil Ikkinchi jahon urushi yillarida Olmaotaga evakuatsiya qilingan Leningrad Hisob-iqtisod instituti Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga qoʻshildi. Ikkita yangi fakultet ochildi: kredit-iqtisod va buxgalteriya hisobi-iqtisod. 1947-yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida sanoat va qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlashni boshlagan rejalashtirish-iqtisod fakulteti tashkil etildi. 1948-yilda kechki fakultet tashkil etilib, iqtisodchilarni maxsus ish joyida tayyorlay boshladi. 1955-yilda sirtqi fakultet tashkil etildi, keyinchalik u umumiy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi va moliya mutaxassisliklariga boʻlingan. 1962-yilda Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti deb oʻzgartirildi. Bu institut 1962—1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1967-yilda tayyorgarlik kurslari, 1970-yilda esa tayyorgarlik boʻlimi tashkil etildi. 1968-yilda Iqtisodiy kibernetika fakulteti tashkil etildi. Matematik fanlar ulushini oshirish hisobiga iqtisodchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari mustahkamlandi. 1970-yilda Savdo-iqtisod fakulteti tashkil etildi. Biznes yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari amaliy biznes fanlarini qamrab olish uchun kengaytirildi va mustahkamlandi. Iqtisodiyot va biznes uchun institut tomonidan tayyorlanayotgan kadrlar assortimenti sezilarli darajada oshdi. 1973-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinatida kechki fakultet tarkibida filial tashkil etildi. Biroz vaqt oʻtgach, Samarqand va Qarshi oʻquv-maslahat markazlari, Andijon va Qoʻqon filiallari, umumiy iqtisodiy sirtqi fakultetning yangi boʻlimlari ochildi. 1981-yilda Savdo-iqtisod fakultetidan ajralib chiqqan mehnat va taʼminot iqtisodiyoti fakulteti tashkil etildi. 1991-yil 19-iyundan iqtisodiyot universiteti. Universitetda Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Korporativ boshqaruv, Iqtisodiyotda axborot tizimlari va Xalqaro turizm fakultetlari, Magistratura va Sirtqi boʻlimi, 24 ta kafedra bor. Universitetda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi, Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, universitet tarixi muzeyi faoliyat olib boradi. 1993-yilda Samarqand shahrida universitet filiali tashkil etildi[4]. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 07.02.2024 sanadagi qaroriga koʻra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qayta tashkil etildi[5]. Bunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut qoʻshildi[6].

Umumiy maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari soni – 200dan ortiq
  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari joylashgan davlatlar soni – 70
  • Ilmiy tadqiqotchilar – 1230 nafar
    • Tayanch doktorantlar – 365 nafar
    • Doktorantlar – 250 nafar
    • Mustaqil izlanuvchilar – 984 nafar
  • Axborot-resurs markazi fondi – 601 194 ta, shundan elektron resurslar soni 7747 ta
  • Ishga joylashish koʻrsatkichi – 95 foiz
  • Markazda jami 7 shtat birligida xodimlar faoliyat yuritadi. Markazda „Umid“ jamgʻarmasi hisobidan xorijiy mamlakatlarning nufuzli OTMda tahsil olib kelgan hamda AQSHlarining Vebster universiteti bitiruvchilari Bosh mutaxassis (3 nafar) lavozimida mehnat faoliyatini olib boradi.

Universitet 2023 yilda QS stars reyting tizimida eng yuqori 5 yulduz bilan taqdirlandi[7]. QS WUR Asia reytingida Osiyo qitʼasida 401-450 oʻrinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida 23 oʻrinni, Oʻzbekiston OTMlari orasida 3 oʻrinni qayd etdi.

  • Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari umumiy reytingida 7-oʻrin[8];
  • Eng kop ish beruvchilar bahosi boʻyicha millly reytingda 7-oʻrin;
  • Times higher educations (THE) xalgaro reyting agentligining THE Impact rankings 2024 reytingida Top 1000 (801-1000)[9];

Bakalavriat yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi[10]
1 60410800 Menejment
2 60410200 Buxgalteriya hisobi
3 60411300 Savdo ishi
4 60411200 Marketing
5 60411000 Inson resurslarini boshqarish
6 60410500 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
7 60410300 Soliqlar va soliqqa tortish
8 60410100 Iqtisodiyot
9 60410200 Buxgalteriya hisobi
10 60411100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
11 60410700 Statistika
12 60410600 Bank ishi va audit
13 60410900 Biznesni boshqarish
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi[11]
1 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 60310200 Ekonometrika
3 60310300 Mintaqaviy iqtisodiyot
4 60310400 Iqtisodiy xavfsizlik
5 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
6 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
7 60410200 Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha)
8 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
9 60410500 Bank ishi va auditi
10 60410600 Sugʻurta ishi
10 60410700 Byudjet nazorati va gʻaznachiligi
12 60410800 Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
13 60411200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
14 60411200 Menejment: turizm biznesini boshqarish
15 60411300 Biznesni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)
16 60411400 Inson resurslarini boshqarish
17 60411600 Korporativ boshqaruv
18 60411700 Logistika (yoʻnalishlar boʻyicha)
19 60411900 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

(mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha)

20 60412500 Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
21 60610200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar

boʻyicha)

22 61010100 Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
23 61010400 Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi[12]
1 70410101 Iqtisodiy nazariya
2 70410102 Iqtisodiyot
3 70410103 Makroiqtisodiyot
4 70410104 Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari
5 70410107 Ekonometrika
6 70410109 Iqtisodiy xavfsizlik
7 70410110 Raqamli iqtisodiyot
8 70410201 Buxgalteriya hisobi
9 70410202 Audit
10 70410301 Soliqlar va soliqqa tortish
11 70410401 Bojxona ishi
12 70410501 Moliya
13 70410502 Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori
14 70410503 Investitsiyalarni boshqarish
15 70410506 Davlat moliyaviy nazorati va auditi
16 70410510 Baholash ishi
17 70410601 Bank ishi
18 70410702 Biznes-tahlil
19 70410801 Menejment
20 70410804 Korporativ boshqaruv
21 70410901 Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)
22 70411001 Inson resurslarini boshqarish
23 70411101 Jahon iqtisodiyoti
24 70411102 Tashqi iqtisodiy faoliyat
25 70411201 Marketing
26 70411301 Savdo ishi
27 70610501 Sunʼiy intellekt
28 71010101 Turizm va mehmondoʻstlik
29 71010401 Logistika

Qoʻshma taʼlim dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 4 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 431 nafar tahsil olayapti.
  • Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 4 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishida hamda 2 ta magistratura mutaxassisligi 193 nafar tahsil olayapti.
  • „MIFI“ Milliy yadroviy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturiga asosan 2 ta magistratura mutaxassisligi 22 nafar tahsil olayapti.

Xalqaro aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018/19 oʻquv yilida universitetda 6000dan ortiq talaba oʻqidi, 404 professor-oʻqituvchilar, shu jumladan 43 fan doktori va 130 fan nomzodi va dotsentlar ishladi. 2018/19 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻydi. Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan. 1991—2019-yillarda untda 200 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 700 dan ortiq xorijlik professor oʻqituvchilar ishladi. Unt AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainadagi 100dan ortiq nufuzli untlar, institutlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy ishlar toʻplamlari, „Iqtisodiyot va taʼlim“ jurnalini nashr etadi.

Iqtisodiyot fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M. M. Qoriev, M. H. Zaynutdinov, A. A. Azatyan va A. S. Danilovlarning xizmatlari katta.

Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:

  • Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya (akademik Aburahmonov Q. H.)
  • Tarmoqlar iqtisodiyoti (professor B. T. Salimov)
  • Makroiqtisodiyot (professor Ishmuhamedov A. E.)
  • Statistika (dotsent Ayubjonov A.H)
  • Falsafa (professor Soipnazarov I. S.)

Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (agroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (ekologiya)
  • Iqtisodiyot (sanoat)
  • Statistika

Quyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (Hudud iqtisodiyoti)
  • Statistika

Moliya va buxgalteriya hisobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biznes Boshqaruv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqamli iqtisodiyot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro turizm fakulteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur bitiruvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

a) Xalqaro, mahalliy axborot va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash boʻyicha:

2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 45 ta ilmiy maqola chop etildi (yillik rejaga nisbatan 90%). Ilmiy maqola chop etish salmogʻi 8 ta professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola, 4 ta ilmiy darajali professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola chop etilishi toʻgʻri kelgan. Hozirgacha Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda universitetning 88 ta mualliflari tomonidan 74 ta ilmiy maqola 60 ta ilmiy jurnalda chop etilgan. Universitet professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlarining Scopus maʼlumotlar bazasidan pandemiya sharoitida universitet hududidan tashqarida masofadan turib foydalana olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Elsevier kompaniyasining SciVal onlayn platformasini boshqa OTMlar bilan birgalikda konsorsium orqali (TDIU, TDIU Samarqand filiali, TMI, Samarqand davlat tibbayoyot instituti) chegirma bilan xarid qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Chet el davriy nashrlariga (jurnal, gazeta) aʼzolikni taʼminlash, professor-oʻqituvchilar uchun akademik ingliz tilini oʻqitish kurslarini tashkil qilish, bakalavrning birinchi bosqichidan ingliz tilida yozma bayon qilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida insho, esse, xatlar tayyorlash koʻnikmalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi yoritib berilgan adabiyotlardan keng foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning chet tilida, jumladan, ingliz tilida chop etilayotgan ilmiy materiallar bilan muntazam tanishtirib borish maqsalila Springer, Grebennikov va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning yozma akademik ingliz tili koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Germaniyadagi Leybnis qishloq xoʻjaligini rivojlantirish instituti bilan ekonomika/stata fanlari va akademik ingliz tillari boʻyicha on-layn kurslar tashkil qilingan.

AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri Vayyoming universiteti professori bilan „Tadqiqot metodologiyasi“ mavzusida sertifikat onlayn kurs tashkil qilingan.

Nashr qilinadigan konferensiya toʻplamlar, ilmiy maqolalar, monografiyalarni plagiatga tekshirish maqsadida antiplagiat.ru saytiga kirish imkoniyati yaratildi va kelgusi yil uchun obuna xarib qilish ishlari olib borilmoqda.

2019-yilda Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 28 ta ilmiy maqola chop etildi. Ilmiy maqola chop etish salmogʻi 14 ta professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola, 6 ta ilmiy darajali professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola chop etilishi toʻgʻri kelgan. 2018 va 2017-yillarda Scopus hamda ScienceDirect maʼlumotlar bazasi tarkibiga kirgan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda jami 5 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.

b) Chop etilgan tezis va ilmiy maqolalar boʻyicha

2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra universitetda 12 ta respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar, 2 ta hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 1 ta xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1 ta universitet miqyosidagi talabalar konferensiyasi masofadan turib on-layn koʻrinishda Zoom dasturida oʻtkazildi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, barcha xalqaro konferensiyalar on-layn platformalarda oʻtkazildi. 2020-yil sentabr holatiga professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan ishlanmalar uchun 2 ta patent va 17 ta mualliflik guvohnomalarini olgan.

2019-yilda 56 ta darslik, 168 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 35 ta monografiya, 2 ta xalqaro ilmiy amaliy-anjuman maqolalari toʻplami, 9 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari, 2 ta universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻplamlari nashr etildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 251 ta, shu jumladan, respublika ilmiy jurnallarida esa 387 ta ilmiy maqolalar nashr qilindi. Bundan tashqari, 703 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi. Shundan, 124 tasi xalqaro konferensiyalarda, 346 tasi respublika anjumanlarida hamda 223 tasi OTMda oʻtkazilgan turli mavzulardagi konferensiya materiallarida chop etilgan.

2018-yil davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan 11 ta darslik, 38 ta oʻquv qoʻllanma, 18 ta oʻquv uslubiy koʻllanma, 27 ta monografiya, 353 ta respublika ilmiy jurnallarida 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilindi. Shuningdek, 2 ta vazirlik miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari, 3 ta universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari nashr etildi, bundan tashqari 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalari toʻplami, 7 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻplamlari, 715 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi.

2017-yilda universitet professor-oʻqituvchilar tomonidan jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi boʻyicha jami 898,24 mln. soʻmlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. soʻmlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.soʻmlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.soʻmlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. Hisobot davrida chop etilgan 13 ta darslik, 40 ta oʻquv qoʻllanma, 17 ta monografiya, 148 ta xorijiy va 243 ta respublika miqyosidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar, 852 ta respublika va universitet ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamida, 197 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamidagi tezislar universitet professor-oʻqituvchilarining samarali mehnat qilganini koʻrsatmoqda.

s) Kafedralarda soʻnggi 2 yilda bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy-tadqiqot ishlari salmogʻi

2019-yil yakuniga koʻra universitetda 397 nafar professor-oʻqituvchi asosiy shtatda ishlagan. Ulardan 38 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 113 nafari fan nomzodi hamda 19 nafar falsafa doktori (PhD)dir. Mazkur yilda 387 ta OAK roʻyxatidagi respublika va 251 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 703 ta xorijda va respublikada oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamida tezislar, 35 ta monografiyani hisobga olib, bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmogʻi 3,5 tani tashkil qilgan (yillik oʻsish 25%). Shu bilan birga, 7 ta oʻqituvchiga 1 ta darslik, 2 ta oʻqituvchiga 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilishi toʻgʻri kelgan. 2018-yil yakuniga koʻra universitetda 423 nafar professor-oʻqituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritgan. Ulardan 44 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 134 nafari fan nomzodlaridir. Hisobot yilida 353 OAK roʻyxatidagi respublika va 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 715 ta xorij va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy amaliy anjumanlaridagi tezislar, 27 ta monografiyalarni hisobga olib, bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmogʻi 2,8 tani tashkil qilgan. Shu bilan birga,33 oʻqituvchiga 1 ta darslik, 11 ta oʻqituvchiga 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilishi toʻgʻri kelgan.

d) Professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish mexanizmlari boʻyicha. Universitetda 2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra 325 nafar professor-oʻqituvchi, shu jumladan 154 nafari ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar (47,4%). ilmiy darajali professor-oʻqituvchilarning 42 nafari fan doktori/DSc (12,9%), 112 nafari fan nomzodi/PhD (34,5%) faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi „Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida“gi 1030-sonli qarori ijrosi taʼminlash, professor-oʻqituvchilarni faol ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqtirish maqsadida har oylik qoʻshimcha haq toʻlash 35 nafar fan nomzodi (PhD) ga 23.5% va 32 nafar fan doktori (DSc) ga 89% qoʻshimcha haq toʻlash belgilandi. Bir martalik qoʻshimcha haq toʻlash uchun esa 14 fan doktori (DSc) ga 39% va 3 nafar fan nomzodi (PhD) ga 2% qoʻshimcha haq toʻlash belgilandi.

Universitetda fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

a) Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilganligi (grant va DITD loyihalar)

2020-yilda universitetda jami 11 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 2492,95 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 3 ta jami 517,51 mln.soʻmlik fundamental, 8 ta 1975,43 mln.soʻmlik amaliy olib borilmoqda. Shu bilan birga, 1 ta 400,00 mln.soʻmlik amaliy yangi loyiha oʻzlashtirilgan.

Universitetda 2020-2021-yillarda umumiy qiymati 182.000 AQSH dollariga teng 8 ta grant amalga oshirilishi koʻzda tutilgan:

  1. 1. Fulbrayt granti. AQSHning Feyrfild Universiteti taʼlim dasturi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Biznes analitika ixtisosligi boʻyicha magistratura ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Ushbu loyiha AQSHning Feyrild universitet professor-oʻqituvchilarini(koordinator dr. Yasin Uzchelik) jalb etgan holda Fulbrayt granti asosida umumiy qiymati 25.000 AQSH dollariga teng mablagʻ ajratilishi belgilangan. Loyihani 2021-yil may oyida amalga oshirish moʻljallangan.
  1. 2. AQSHning YUNISEN(American Councils UniCEN grant) grant dasturi doirasida AQSHning Feyrfild universiteti (Fairfield University) bilan hamkorlikda TDIU „Tadqiqot va oʻqitish liderlik markazi“ni yaratishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi. Markaz Feyrfild universiteti modeli asosida amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 40.000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Loyiha koordinatori Prof. Kati Nantz.
  1. 3. Fulbrayt Skolar granti dasturi doirasida 2021-2022-yillarga moʻljallangan hamkorlik loyihasi, bunda amerikalik professor Lusiana Leyuning 10 oylik tashrifi doirasida Ingliz tilini oʻqitish dasturlari yangilash, innovatsion va yangi oʻqitish metodlarini joriy etish koʻzda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 25.000 AQSH dollari.
  1. 4. AQSHlik mashhur trener Bob Dorf bilan „Startap“ hamkorlik loyihasi. Tadbirkorlik va biznes fanlarini oʻqitishda jahonda mashhur Bob Dorfning „Startaplar uchun qoʻllanma“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilish va oʻquv jarayonida foydalanish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bob Dorf ushbu loyiha doirasida TDIU oʻqituvchilariga treninglar oʻtishi va talabalarga master klasslar oʻtishi moʻljallangan. Loyiha qiymati 12.000 AQSH dollari atrofida baholangan boʻlib, Savdo-sanoat palatasi hamda AsaxiyBuks kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
  1. 5. Feyrfild professorlari uchun TDIUda bir oylik dars berish uchun 4 ta kishiga moʻljallangan grant ajratish kelishildi (turar joy va qadimiy shaharlarga sayohat xarajatlari TDIU tomonidan amalga oshiriladi). Feyrfild universiteti professorlarini 1 oylik TDIUga oʻqitish uchun qoʻshma grant kelishilgan.
  1. 6. Horizon 2020 loyihasi, H2020-MSCA-RISE-2020 – CCARSI, mintaqadagi ijtimoiy innovatsiyalar (innovatsiyalar sababli vujudga keluvchi ekologik oʻzgarishlarga ijtimoiy javoblar) (social innovation (societal responses to innovation, which includes societal responses to environmental change that is caused by innovation) in the region). Hamkorlar Dublin Universiteti va Yevropa tadqiqot institutlari.
  1. 7. Polshaning Lodz Universiti bilan (University of Lodz (UL)) hamkorlikda TDIUda 4 ta kursni oʻqitishga qaratilgan 2 yillik loyiha. Unda Lodz Universitetining 4 ta nafar professor-oʻqituvchi 2020-2021-yillarda on-layn darslar olib boradi. 2021-2022-yillar davomida esa har bir professor 1 semester davomida TDIUga tashrif buyurib, darslar olib borishi koʻzda tutilgan. Hamkorlik loyihasi uchun 30.000 AQSH dollari hisobida grant ajratilish koʻzda tutilgan. Loyiha 2020-yil sentabr oyida boshlanadi.
  1. 8. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ReKAP loyihasi, TDIUda Ijtimoiy tadqiqotlar markazi yaratishga qaratilgan loyiha boʻlib, TDIU uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari 50.000 AQSH dollarini tashkil etadi. Koordinator Estoniyaning Tartu Universiteti. Loyiha 2021-yil yanvar oyida boshlanishi belgilangan.

Universitet boʻyicha 2020-yil uchun xoʻjalik va pullik xizmat shartnomalarining yillik rejasi jami 573,9 mln. soʻm qilib belgilangan. Hozirgi kunga qadar mavjud 9 ta mutaxassislik kafedralari boʻyicha 203,3 mln. soʻmlik jami 32 ta pullik va xoʻjalik shartnomalari imzolashga erishildi (rejaga nisbatan 35%). Ushbu shartnomalari boʻyicha 87,3 mln. soʻmlik pul mablagʻlari universitet hisob raqamiga kelib tushdi. 2019-yilda universitetda jami 14 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 1653,1 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilgan. Jumladan, 4 ta jami 392,24 mln.soʻmlik fundamental, 9 ta 1194,05 mln.soʻmlik amaliy, 1 ta 66,8 mln. soʻmlik yoshlar amaliy loyihalar boʻyicha ishlar bajarilgan. 2019-yil uchun xoʻjalik va pullik shartnomalar yillik rejasi jami 291,6 mln. soʻm qilib belgilangan. 2019-yil yakuni boʻyicha xoʻjalik shartnomalari asosida 361,46 mln. soʻmlik pul mablagʻlari universitet hisob raqamiga kelib tushgan (rejaga nisbatan 124%).

2018-yilda universitetda jami 19 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 1264,848 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 4 ta jami 234,87 mln.soʻmlik fundamental, 14 ta 989,975 mln.soʻmlik amaliy, 1 ta 40 mln.soʻmlik yoshlar amaliy loyihalari olib borilgan. 2018-yilga xoʻjalik shartnomalarining yillik rejasi 225,6 mln. soʻm etib belgilangan boʻlsa, 2018-yil ohirida 340,546 mln. soʻmlik xoʻjalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi (rejaga nisbatan 151%).

Universitetda 2017-yilda jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi boʻyicha jami 898,24 mln. soʻmlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. soʻmlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.soʻmlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.soʻmlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. 2017-yilda universitet boʻyicha jami yillik reja 182,2 mln. soʻm qilib belgilangan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida universitet hisob raqamiga 186,179 mln. soʻm mablagʻlar tushgan (rejaga nisbatan 102,2%).

b) Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilganligi

2017-2019-yillarda universitetning tayanch doktorat, doktorant va mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklari boʻyicha 84 ta taklif va tavsiyalar yuborilgan boʻlib, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha respublika vazirlik va idoralari, real sektor korxonalarigadan 70 ta dalolatnomalar olinda va ularda jami 124,5 ming AQSH dollari hamda 110,5 mlrd soʻmlik kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilgan.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha 2017-2019-yillarda tayanch doktoranturani 45 nafar tayanch doktorant (PhD), 11 nafar doktorant (DSc), 105 nafar (PhD) mustaqil izlanuvchilari va 24 nafar (DSc) mustaqil izlanuvchi tamomlagan. Doktorantlarning himoya qilish koʻrsatkichi 55,4 foizni tashkil qilgandi.

2017-2019-yilldarda 101 nafar dissertatsiya ishini himoya qilgan izlanuvchilardan 57 nafari (56,4%) universitetda oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov va koʻrgazmalardagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2019-yil dekabr oyida universitetda „Eng yaxshi ilmiy-innovatsion gʻoyalar“ koʻrik tanlovi tashkil etildi. Tanlovning yakuniy bosqichida 9 nafar talaba (quyidagi mavzularda „StepsWatt“, „Eat more“, „BIOLIFE, IB MTM, E-MARKETING“, „GREEN SOLUTIONS“, „Smart parking“ va „I-ROTEL“ kabi loyihalar boʻyicha „Eng yaxshi innovatsion loyiha“ hamda „Eng yaxshi biznes gʻoya“lar boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrinlar aniqlanib, gʻolib talabalarga 1-, 2-, 3-darajali diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Talabalarni tayyorlagan ishlarini yana-da rivojlantirish va uni tijoratlashtirish maqsadida respublikada oʻtkaziladigan innovatsion gʻoyalar tadbirlarida ishtirok etish uchun hujjatlari rasmiylashtirilib, vazirlikka taqdim etildi.
  • 2019-yil 21-23-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Rossiya xalqlar doʻstligi universitetida „Buxuchet vokrug nas (Atrofimizdagi buxgalteriya hisobi)“ mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro fan olimpiadasida faxriy 1-oʻrinni va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi, jamoaviy bosqichda esa nafar talaba 3-oʻrinni egalladilar va 3-darajali diplom bilan taqdirlandilar.
  • Universitetda iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida universitet kafedralari qoshida 51 ta fan toʻgaragi faoliyat yuritdi. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash natijasida ular tomonidan 19 ta xalqaro ilmiy jurnal va 57 ta respublika ilmiy jurnalida ilmiy maqolalar, 23 ta tezis xalqaro ilmiy amaliy anjumanda, 786 ta tezis respublika va OTM miqyosidagi ilmiy amaliy anjumanlarda chop etildi. Bundan tashqari iqtidorli talabalarning ilmiy ishlanmalri uchun 2 ta mualliflik guvohnomasi olindi.
  • Tanlov, olimpiada va xalqaro koʻrgazmalarda 335 nafar iqtidorli talaba ishtirok etib, 81 nafari sovrinli oʻrinni qoʻlga kiriti. Jumladan 7 nafari talabalar fan olimpiadasi gʻolibi (shu jumladan, 3 nafari I oʻrin, 1 nafari II oʻrin va 3 nafari III oʻrin), 2 nafari xalqaro koʻrgazma va tanlov gʻolibi va 5 nafar sovrindor, 8 nafar xalqaro olimpiada gʻolibi, 59 nafar talaba xorijiy universitetlarda malaka oshirib keldi.
  • 2019-yilda fan olimpiadalarining respublika bosqichi 3 ta fan, yaʼni Oʻzbekiston iqtisodiyoti, Menejment va Marketing fanlari boʻyicha universitetimizda yuqori saviyada tashkil etildi.
  • 2019-yilda fan olimpiada 7 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Menejment fanidan 1-oʻrin, Marketing fanidan 1-oʻrin, Oʻzbekiston iqtisodiyoti fanidan 1-oʻrin, Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanidan 2-oʻrin, Buxgalteriya hisobi va audit fanidan 3-oʻrin, Kompyuter grafikasi fanidan 3-oʻrin va Bank ishi fanidan 3-oʻrinlarni egalladilar.
  • 2019-yilda Universitet talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy davlat stipendiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Islom Karimov davlat stipendiyasi tanlovida ham faol qatnashdilar va 3 nafar talaba stipendiya sohibi boʻldi. Jumladan, 2 nafar talaba Navoiy nomli davlat stipendiyasiga va 1 nafar talaba Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldilar.

a) Startaplar boʻyicha

Jumladan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2020-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddi mutaxassislar bilan hamkorlikda „Oliy taʼlim muassasasida talaba-yoshlarning startap loyihalari“ tanlovini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi va universitetning maslahat kengashi va ekspert komissiyasi tasdiqlandi. Universitet startap loyihalari boʻyicha „Respublika startap-loyihalari“ koʻrgazmasiga yigirmata loyiha bilan ishtirok etishi vazifalari belgilab olindi.

Ikki oy davom etgan saralash davrida talabalar va ilmiy izlanuvchilar tomonidan „Avitsenna“, „I-Rotel“, „Chemistry Invest“, „Ecomove“, „Proizvodstvo uglerodnogo volokna“, „Healpcare“, „Ecopybook“, „4AGREEN“ va „Agro logistika“ kabi ellikdan ortiq startap loyihalari muhokama qilindi. 2020-yil 5-may kuni talabalar va izlanuvchilarning „Eng yaxshi innovatsion tadbirkorlik loyihalari“ ruknida startap loyihalari boʻyicha masofaviy onlayn koʻrik-tanlov tashkil etildi.

Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan „2020-yilda 20 ta eng yaxshi startap loyihasi“ tanlovida (hab bir loyiha uchun 100 mln.soʻm) ishtirok etish uchun talabalarning yigirmadan ortiq eng sara loyihalari vazirlikning elektron roʻyxatidan oʻtdi va tanlovda ishtirok etish uchun yuborildi. Vazirlikning „Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻrik tanloviga oʻnta loyiha tashabbuskorlari nomzodlari berildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda „Startaplar toʻgʻrisida“gi hamda „Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida“gi qonun loyihalari vazirlikning rahbar xodimlari bilan muhokama qilinib, qonun loyihalariga universitet tomonidan taklif va tavsiyalar yuborildi.

Universitetda IT-PARK xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, universitet yoshlarining kreativ innovatsion salohiyatini oshirish, yosh talabalarni axborot texnologiyalar sohasida oʻqitishni tashkil qilish, yoshlarning innovatsion gʻoyalari va startap loyixalarni qoʻllab-quvvatlash, inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini hamda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzolandi.

Ilmiy kengash faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2020-yil sentabr holatiga koʻra DSs.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.11 – „Marketing“, 08.00.13 – „Menejment“ 08.00.07 – „Moliya, pul muomalasi va kredit“ va 08.00.15 – „Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha 28 ta himoya boʻlib oʻtgan.
  • 2019-yilda DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.06 – „Ekonometrika va statistika“, 08.00.11 – „Marketing“, 08.00.13 – „Menejment“ va 08.00.14 – „Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari“ ixtisosliklari boʻyicha jami 29 ta, DSc.28.12.2017.I.16.02 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.10 – „Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya“ ixtisosligi boʻyicha 13 ta va DSc.27.06.2017.I.16.03 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.02 – „Makroiqtisodiyot“, 08.00.07 – „Moliya, pul muomalasi va kredit“ va 08.00.15 – „Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha 21 ta himoya boʻlib oʻtgan.
  • 2018-yilda DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.06 – „Ekonometrika va statistika“, 08.00.11 – „Marketing“, 08.00.13 – „Menejment“, 08.00.03 – „Sanoat iqtisodiyoti“ va 08.00.14 – „Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari“ ixtisosliklari boʻyicha jami 37 ta va DSc.28.12.2017.I.16.02 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.10 – „Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya“ ixtisosligi boʻyicha 3 ta himoya boʻlib oʻtgan.
  • 2017-yilda universitet huzuridagi DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 08.00.01 – „Iqtisodiyot nazariyasi“, 08.00.06 – „Ekonometrika va statistika“, 08.00.10 – „Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya“, 08.00.11 – „Marketing“, 08.00.13 – „Menejment“, 08.00.03 – „Sanoat iqtisodiyoti“ va 08.00.14 – „Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari“ ixtisosliklari boʻyicha jami 8 ta himoya boʻlib oʻtdi.

Xalqaro reytinglarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining reytingidagi oʻrni – 7 (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maʼlumoti)
  • Gumanitar va iqtisodiy sohada – 3-oʻrin
  • Oliy taʼlim muassasalarining dunyo reytingidagi oʻrni www.webometrics.info versiyasiga koʻra – 3038
  • QS World University Rankings versiyasiga koʻra – top mingtalikda mavjud emas
  • QS Asia University Rankings versiyasiga koʻra – # 401-450
  • The Times Higher Education World University Rankings 2024 – „Reporter“ maqomiga ega
  • The Times Higher Education Impact Ranking 2024 – # 801-1000
TDIU old tomondan ko'rinishi
  1. „“Narxoz”, Moliya va Fiskal oliygohlari birlashtirildi - talabalar qayerga ko’chadi?“. www.youtube.com. Qaraldi: 26-mart 2024-yil.
  2. „Universitet rasmiy sayti“.
  3. „О ташкентском государственном экономическом университете“ (ru). Tsue.uz.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi „Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish toʻgʻrisida“ 438-son qarori
  5. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2024 yildagi PQ-62-son qarori“.
  6. „O‘zbekistondagi uchta OTM bitta universitetga birlashtiriladi“.
  7. „Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti - O‘zbekistondagi ilk 5 yulduzli oliy ta’lim muassasasiga aylandi“.
  8. „Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi“.
  9. „Top universities pursuing sustainable development goals in 2024“.
  10. „2023/2024 oʻquv yilida davlat oliy ta'lim muassasalariga bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari“. Oliygoh.uz. Qaraldi: 26-mart 2024-yil.
  11. „2023−2024 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi“.
  12. „2023/2024 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari magistraturasi boʻyicha oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimlanishi“. Magistr.edu.uz. 2024-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2024-yil.
  13. „TDIU Rasmiy sayti“. 2020-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.