Kontent qismiga oʻtish

Maza bilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Taʼm bilishdan yoʻnaltirildi)

Maza bilish, taʼm bilish — turli eriydigan moddalarning taʼm bilish retseptorlariga, asosan, tilga (umurtqalilarda) taʼsir etishi natijasida paydo boʻladigan sezgi. Maza bilish retseptorlari tilda, halqumning orqa devorida, yumshoq tanglayda, murtaklarda joylashgan. Til uchi, chetlari va orqa qismida retseptorlar ayniqsa koʻp; til oʻrtasida va uning ostki yuzasida Maza bilish retseptorlari yoʻq.

Shirin, nordon, achchiq, chuchuk va shoʻr sezadigan Maza bilish sezgilari farq qilinadi. Bu sezgi maʼlum moddalarning oʻziga mos keluvchi Maza bilish retseptorlarini qoʻzgʻatishi natijasida namoyon boʻladi. Maza bilish uchun traning (issiq yoki sovuq ovqat maza sezgisini susaytiradi), shuningdek, hidning ahamiyati muhim (kishi tumov boʻlib, hidni yaxshi sezmaganda ovqat mazasini bilmaydi).

Til va ogʻiz boʻshligʻi turli qismlarining sezuvchanligi bir xil emas, mas, til uchi shirinni, oʻzagi achchiqni, chetlari esa nordon va shoʻr mazani sezadi. Turli mazaga ega boʻlgan mahsulotlar bir vaqtda yoki ketma-ket isteʼmol kilinganda Maza bilish kontrasta ovqat taʼmini almashtirib yuborishi mumkin.

Maza bilish retseptorlari taʼsirlanib, KOʻzgʻalganda bu qoʻzgʻalish markazlarga intiluvchi nerv tolalari orqali uzunchok miyaga boradi, u yerdan boshqa markazga oʻtadi, natijada bir qancha reflektor hodisalar kuzatiladi (soʻlak oqishi, meʼdadan shira chiqishi va hokazo), ayni vaqtda qoʻzgʻalish bosh miya poʻstlogʻiga yetib boradi, uning muayyan qismi qoʻzgʻalib, maza sezgisi kelib chikadi. Maza bilish kishi hayotida katta ahami-yatga ega, zararli moddalar ogʻizga olinganda refleks yoʻli bilan tuflab tashlanadi. Maza bilish organizmning fiziologik holatiga bogʻliq boʻlib, ishtaha va ovqat hazm kilishga taʼsiri bor. Ayrim kasalliklarda Maza bilish ayniydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil