Kontent qismiga oʻtish

Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

Koordinatalari: 56°0′0″N 50°0′0″E / 56.00000°N 50.00000°E / 56.00000; 50.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Татарская Автономная Советская Социалистическая Республика, tatarcha: Татарстан Автономияле Совет Социалистик Республикасы[1]

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat SSSR bayrogʻi СССР
Yirik shahari Qozon
Asos solingan sanasi 1920-yilning 27-mayida
Sovet Raisi M. Sh. Shaymiyev
Oliy Sovet Prezidiumining Raisi M. Z. Zakiyev
Rasmiy tillar rus, tatar[2]
Aholi (1989) 3 637 809
Millatlar tarkibi tatarlar, ruslar, chuvashlar va boshqalar
Maydoni 68 ming atrofida km²
Vaqt mintaqasi MSK
Qisqacha TASSR
Xaritada
Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xaritada
Maʻlumotlar 1989-yilga 56°0′0″N 50°0′0″E / 56.00000°N 50.00000°E / 56.00000; 50.00000

Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSҖ, Tatarstan; eski tat. تاتارستان ئاۋتۇنۇمىەلىُ سۇۋىُت سۇتسیالىُق جۇمھوریەتىُ‎, Tatarstan Avtonomiäle Sovet Sotsialstik Cömhüriäte , ruscha: Татарская Автономная Советская Социалистическая Республика) — Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻlgan avtonom respublika.

TASSR hozirgi Tatariston hududida oʻrnashgan boʻlgan.

TASSR tarkibida kirgan yerlar (%):

Inqilobdan oldingi maʼmuriy birligi↓/Yil→ 1920 1921 1922 1923 1924
Qozon guberniyasining Zoʻya uyezdi 100 100 98 98 98
Qozon guberniyasining Qozon uyezdi 100 100 100 100 100
Qozon guberniyasining Layesh uyezdi 100 100 100 100 100
Qozon guberniyasining Mamadish uyezdi 100 100 100 100 100
Qozon guberniyasining Tetesh uyezdi 100 100 87 87 87
Qozon guberniyasining Shar uyezdi 4 4 5 5 5
Qozon guberniyasining Shistay uyezdi 100 100 95 95 95
Qozon guberniyasining Shuyel uyezdi 0 0 6 6 6
Qozon guberniyasining Ispas uyezdi 100 100 86 86 86
Vyatka guberniyasining Alabuga uyezdi 10 43 42 42 42
Vyatka guberniyasining Malmij uyezdi 9 9 9 9 9
Vyatka guberniyasining Sarapul uyezdi 0 3 3 3 3
Samara guberniyasining Boʻgelme uyezdi 70 70 75 75 75
Ufa guberniyasining Minzele uyezdi 100 100 100 100 100
Sibir guberniyasining Bua uyezdi 53 53 41 41 41
Simbir guberniyasi Sibir uyezdi 8 8 8 8 8

1920-yilning martida Vladimir Lenin Moskva kremilida Borhan Mansurov, Sexibgerey Seitgʻaliyev ham boshqalar bilan Tatariston respublikasi tashkil qilish masalasi toʻgʻrisida fikrlashganlar.

TASSR Butun Rossiya markaziy boshqarma komiteti va RSFSR Xalq Komissarlar soveti qarori bilan 1920-yilning 27-mayida eʼlon etilgan.

1990-yilning 30-avgustida TASSR Yuqori Sovet „Tataristonning davlatr suverniteti toʻgʻrisida“ deklaratsiyasini qabul etdi va TASSR nomini Tatariston Sovet Sotsialistik Respublikasi — Tatariston Respublikasi nomiga oʻzgartirdilar. 1991-yilning 24-mayinda RSFSR xalq deputatlari majlisida bu nomni qabul qildilar va RSFSR Asosiy qonuniga tegishli oʻzgartirishlarni kiritdilar[3].

Idora-yer tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng boshida TASSR oʻn kantonga boʻlingan boʻlgan. Archa, Boʻgelme, Bua, Layesh, Mamadish, Minzele, Zoʻya, Ispas, Tetesh va Chistay. 1921-yilda yana uch kanton (Allabuga, Egerje va Challi) tashkil etilgan.

1924-yildan kantonlarni yoʻqga chiqarish va rayonlar bilan almashtirish jarayoni boshlangan, bu 1930-yilning 23-iyulida tugatilgan.

1940-yillar oʻrtasiga qadar rayonlar soni orta boshlangan; masalan 1948-yilda TASSR 70 rayonga va 3 respublika qaramogʻidagi shaharga boʻlingan

1950-yillar boshida Tatarston ham Boshqird MSSRining viloyatlarga boʻlish rejasi turmushga oshirila boshlandi. 1952-yilning 8-mayida TASSR ichida ikki viloyat (Qozon va Chistay) uyushtirilgan. 1953-yilning 21-fevralida Boʻgelme viloyati paydo boʻladi. Lekin Stalin oʻlimidan soʻng bu reja toʻxtatilgan ham 1953-yilning 30-aprelida barcha viloyatlar yoʻq qilindi. Bundan soʻng ham 1963-yilga qadar rayonlarni kattalash jarayoni olib borilgan.

  1. Tatariston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
  2. Конституция ТАССР от 25 июня 1937 года // Сборник законов Татарской АССР, указов Президиума Верховного Совета Татарской АССР и постановлений Совета министров Татарской АССР. — Казань: Татарское книжное издательство, 1970.
  3. http://constitution.garant.ru/history/ussr-rsfsr/1978/zakony/183124/