Kontent qismiga oʻtish

Tavfiq al-Hakim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tavfiq Al-Hakimdan yoʻnaltirildi)
Tavfiq al-Hakim
Tavalludi 9-oktyabr 1898-yil
Vafoti 26-iyul 1987-yil(1987-07-26)
(88 yoshda)
Qohira, Misr
Ijod qilgan tillari Arab tili
Fuqaroligi Misr
Yoʻnalish Dramaturgiya
Mukofotlari Misr Davlat mukofoti

Tavfiq al-Hakim (9-oktyabr 1898-yil; Iskandariya – 26-iyul 1987-yil; Qohira) – Misrlik arab yozuvchisi va jamoat arbobi. Qohiradagi „Arab tili akademiyasi“ aʼzosi.

Tavfiq al-Hakim 1898-yil 9-oktyabrda Iskandariyada tavallud topgan. 1924-yilda Qohiradagi Oliy yuridik maktabni tugatgan. Parijda Yevropa xalqlari adabiyoti va sanʼatini oʻrgangan. 1927–1934-yillarda adliya idoralarida tergovchi, 1934–1943-yillarda maorif va taʼlim vazirliklarida ishlagan. 1959–1960-yilda Misrning YUNESKOdagi vakili boʻlgan. Ijodi asosan mustamlakachilikka qarshi kurash, xotin-qizlar ozodligi mavzulariga bagʻishlangan.

Tavfiq al-Hakim arab adabiyotida ijtimoiy turmushni tasvirlovchi birinchi roman („Ruhning qaytishi“, 1933) muallifi. Adabiyot sohasidagi Misr Davlat mukofoti laureati (1961). Uning „Tugʻyon“ romani (1974) va ayrim hikoyalari oʻzbek tilida nashr etilgan[1].

  • „Chaqirilmagan mehmon“ (1918);
  • „Yangi ayol“ (1924);
  • „Ruhning qaytishi“ (1933)
  • „Naychi“ (1934);
  • „Provinsiya tergovchisining xotiralari“ (1937);
  • „Shahrizoda“ (1934);
  • „Pigmalion“ (1942);
  • „Qamoqxona hayoti“ (1964)
  • „Parmachining taqdiri“ (1966);
  • „Tugʻyon“ (1974).
  1. https://ziyouz.uz/jahon-nasri/tavfiq-al-hakim-1898-1983-misr/