Taxo
Qiyofa
(Tejudan yoʻnaltirildi)
Taxo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 007 |
Suv sarfi | m³/s |
Davlat | Portugaliya va Ispaniya |
Taxo |
Taxo, (ispancha: Tajo), yoki Teju[1] (portugalcha: Tejo, lotincha: Tagus), Tagus — Ispaniya va Portugaliyadagi daryo, Pirenei yarim orolda eng uzun. Uzunligi 1010 km, havzasining maydoni 81 ming km². Meseta yassitogʻligini sharqdan gʻarbga tomon kesib oʻtib, quyi oqimida Portugaliya pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeaniga estuariy hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sart. fy Portugaliya bilan Ispaniya chegarasi yaqinida 438 m³/sek., noyabrdan mart oyigacha sersuv. T.ga GES va suv omborlari qurilgan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Quyilish joyidan boshlab 185 km masofada kema qatnaydi. T. boʻyida Toledo (Ispaniya) va Portugaliya poytaxti Lissabon sh.lari joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |