Tekis bosma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tekis Bosmadan yoʻnaltirildi)

Tekis bosma — matn va tasvirlarni matbaa usulida koʻpaytirishning asosiy turlaridan biri. Bunda bosma qolipning bosma elementlariga quyuq boʻyoq surkaladi, oraliq (probel) elementlariga esa suv beriladi. Bunga erishish uchun qolip sirtiga kimyoviy ishlov beriladi. Tekis bosma krlipining bosma va oraliq elementlari amalda bir tekislikda yotadi. Bosish jarayonida qolip navbatmanavbat suv bilan hoʻllanadi va boʻyokda dumalatiladi, soʻngra qolipdan qogoz (yoki boshqa material) ga bosim ostida nusxa koʻchiriladi. Tekis bosmaning maxsus turi fototipiya hisoblanadi. Tekis bosmaning eski usuli — litografiya oʻrnini hozir ofset bosma usuli egallagan.