Kontent qismiga oʻtish

Issiq bilan davolash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Termoterapiyadan yoʻnaltirildi)

Issiq bilan davolash, termoterapiya — issiq bilan taʼsir qiladigan turli fizik vositalar yordamida davolash. I. b. d.ning bir necha turi bor: balchiq bilan davolash, loy bilan davolash, parafin-ozokerit bilan davolash, issiq va iliq vannalar, dush, grelka, bugʻlash, kompress qilish. I. b. d.da umumiy va mahalliy nur vannalariga moʻljallangan reflektorli har xil choʻgʻlanma lam-palar, infraqizil nur beradigan lam-palardan foydalaniladi (qarang Yorugʻlik bilan davolash), quruq havo vannalari, shuningdek, elektr bilan davolash muo-lajalari qoʻllanadi. I. b. d. issiqtaʼsirining kuchi, davomiyligi, issiq qoʻyiladigan joyning katta-kichikligiga bogʻliq; odatda, issiq taʼsir qilgan joyda qon va limfa aylanishi yaxshilanadi, yalligʻlanish va ogʻriq yoʻqoladi, toʻqimalarning tiklanish jarayoni tezlashadi. I. b. d.ning barcha turlari vrach buyurgandagina periferik nerv sistemasi, ichki aʼzolar, tayanchharakat apparati, teri kasalliklari va b.da qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil