Texas Heartbeat Act
Texas yurak urishi to'g'risidagi qonuni (ingliz. Texas Heartbeat Act), Senat Bill 8 (SB 8), Texas qonun chiqaruvchi organining embrion yoki homila yurak faoliyati aniqlangandan keyin (odatda homiladorlikning taxminan oltinchi haftasidan keyin sodir bo'ladi) abort qilishni taqiqlovchi akti hisoblanadi. Qonun 2021-yil 1-sentabrda, AQSH Oliy sudi Texasdagi abort provayderlarining favqulodda yordam soʻrovini rad etganidan keyin kuchga kirdi[1]. Bu Roe v. Wade ishidan beri ilk marotaba shtat muvaffaqiyatli tarzda 6 haftalik abortga nisbatan taqiqni joriy etgan holat bo'ldi va birinchi bor abort cheklovi davlat amaldorlari qonunni jinoiy yoki fuqarolik jazolari bilan qo'llashidan ko'ra, faqat fuqarolik da'volari orqali xususiy shaxslar tomonidan amalga oshirilishiga tayanadi. Qonun jamoatchilik vakillariga noqonuniy abortni amalga oshirgan yoki unga yordam bergan har qanday shaxsga nisbatan qonunda belgilangan zarar uchun kamida 10 000 AQSh dollari, shuningdek sud xarajatlari va advokat to'lovlarini undirish uchun sudga da'vo qilish huquqini beradi[2][3][4].
Texas yurak urishi to'g'risidagi qonuni shtatda va federal sudda ko'plab da'volarga duchor bo'lgan, ammo hujjat shu paytgacha ushbu sud sinovlarining har biriga bardosh bergan va o'z kuchida qolmoqda. Qonunning konstitutsiyaviyligiga e'tiroz bildiruvchi da'volar abort provayderlari va advokatlari[5] hamda Amerika Qo'shma Shtatlari Adliya vazirligi[6][7] tomonidan qo'zg'atilgan, ammo bu da'volarning hech biri yurak urishidan keyingi abortlarga qayta ruxsat berilishiga erisha olmadi. Qonun yuzasidan sudda bahslashish juda qiyin bo'lib, uning noyob ijro mexanizmi tufayli davlat amaldorlariga qonunni qo'llashni taqiqlaydi va buning o'rniga jismoniy shaxslarga yurak urishidan keyingi abortni amalga oshirgan yoki unga yordam bergan har qanday shaxsni sudga berish huquqini beradi.[8][9]. Qonun davlat amaldorlari tomonidan emas, balki xususiy fuqarolar tomonidan qo'llanilganligi sababli, abort provayderlari ularga qarshi xususiy da'volar qo'zg'atilishini to'xtatadigan yordam ola olmadilar[10]. Bu esa abortni federal konstitutsiyaviy huquq sifatida o'rnatgan Roe v. Wade qarorini chetlab o'tish imkonini yaratdi, chunki xususiy fuqarolik da'volari tahdidi abort provayderlarini Oliy sudning abort to'g'risidagi qarorlari bilan mos kelmasligiga qaramay, SB 8 ga rioya qilishga majbur qildi[11][12].
Hatto sudlar SB 8 ni konstitutsiyaga zid deb topsalar ham, abortni amalga oshiruvchilar qonunga rioya qildilar, chunki agar ular ushbu Qonunning ijro etilishiga to'sqinlik qiluvchi ko'rsatma mavjud bo'lganda yurak urishidan keyingi abortni amalga oshirsalar yoki ularga yordam bersalar, cheklov apellyatsiya tartibida bekor qilingan yoki olib tashlangan taqdirda akt kuchga kiradi va xususiy shaxslarni fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortishni nazarda tutadi[13][14][15]. 2021-yil 6-oktabrda federal okrug sudyasi Robert L. Pitman Texas shtatida qonunni qoʻllashni toʻsib qoʻyuvchi dastlabki buyruqni chiqardi[16], bu qaror AQShning Beshinchi okrug bo'yicha apellyatsiya sudi Pitmanning buyrug'ini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqarguniga qadar amalda boʻldi[17]. Shunga qaramay, Pitmanning buyrug'i, hatto u amalda bo'lgan 48 soatlik muddatda ham Texasda yurak urishidan keyingi abortlarni amalga oshirishni to'liq tiklay olmadi, chunki abort provayderlari sudya Pitmanning buyrug'i yuqori sud tomonidan to'xtatib qo'yilgan yoki bekor qilingan taqdirda o'zlariga nisbatan yuklanadigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik bilan tavakkalchilik qilishni istashmagan[14][18]. AQSH Oliy sudi Beshinchi okrug bo'yicha apellatsiya sudining sudya Pitmanning buyrug'i ijrosini to'xtatib turish to'g'risidagi qarorini bekor qilishdan bosh tortdi[19][20], shuning uchun sudya Pitmanning buyrugʻiga tayangan holda amalga oshirilgan yurak urishidan keyingi har qanday abortlar SB 8 shartlariga koʻra xususiy fuqarolik-huquqiy daʼvolar subyekti bo'ladi[13]. Bu abort provayderlari uchun qonunni konstitutsiyaga zid deb topadigan quyi suddan yordam olishgan taqdirda ham, o'z xizmatlarini qayta tiklashni qiyinlashtirdi va bu qonunning sudda ijro etilishiga to'sqinlik qilish urinishlarini yanada puchga chiqardi.
Texas yurak urishi to'g'risidagi qonunining muvaffaqiyati Roe v. Wade'ga katta zarba bo'ldi[21][22][23], chunki u shtatlarga abortni qonundan tashqari deb e'lon qilish va o'z qonunlarini samarali sud nazoratidan ajratib qo'yish rejasini taqdim etdi va abortni konstitutsiyaviy himoyalangan huquq deb e'lon qilgan Oliy sud qarorlaridan qochish imkonini berdi[24][25]. Bu, shuningdek, boshqa shtatlarni SB 8 ning qo'llash mexanizmidan nusxa ko'chirishga va abortga oid cheklovchi qonunlarini sud nazoratidan himoya qilishga olib keldi. 2022-yil 25-mayda Oklahoma gubernatori Kevin Stitt HB 4327 qonunini imzoladi[26], bu esa urugʻlantirilgandan boshlab abort qilishni taqiqlaydi[27]. HB 4237, Texasdagi yurak urishi to'g'risidagi qonun kabi, faqat xususiy fuqarolar tomonidan qo'zg'atilgan fuqarolik da'volari orqali amalga oshirilganligi sababli, abort provayderlari sudda qonunni to'xtata olmadilar va Roe v. Wade amalda bo'lishiga qaramasdan, Oklaomada abortlarni amalga oshirish to'xtatildi[28][29]. Aydahoda ham abort provayderlarga federal sudda qonunning konstitutsiyaviyligi yuzasidan sudlashishga to'sqinlik qiluvchi Texasning yurak urishi to'g'risidagi qonuni namunasida olti haftalik abortni taqiqlash joriy qilindi[30].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Whole Woman's Health v. Jackson, No. 21A24“. www.supremecourt.gov (1-sentabr 2021-yil).
- ↑ Liptak, Adam; Tavernise, Sabrina. „After Silence From Supreme Court, Texas Clinics Confront Near-Total Abortion Ban“. The New York Times (1-sentabr 2021-yil). 1-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
- ↑ de Vogue. „Texas 6-week abortion ban takes effect after Supreme Court inaction“. CNN (1-sentabr 2021-yil). 1-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
- ↑ Keshner. „Texas abortion law: $10,000 penalty could incentivize 'bounty hunters' to make 'tens of thousands of dollars'“. MarketWatch.
- ↑ „Complaint, Whole Woman's Health v. Jackson, No. 1:21-cv-00616 (W.D. Tex.) (13-iyul 2021-yil)“. reproductiverights.org. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ Devlin Barrett; Ann E. Marimow. „Justice Department sues Texas to block six-week abortion ban“. The Washington Post (9-sentabr 2021-yil).
- ↑ „Complaint“. documentcloud.org. US DOJ. Qaraldi: 9-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Texas Health and Safety Code §§ 171.207–171.208“. statutes.capitol.texas.gov. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ Tavernise. „Citizens, Not the State, Will Enforce New Abortion Law in Texas“. www.newyorktimes.com (9-iyul 2021-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Whole Woman's Health v. Jackson, No. 21-463“. supremecourt.gov (10-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2021-yil.
- ↑ Gershman. „Behind Texas Abortion Law, an Attorney's Unusual Enforcement Idea“. The Wall Street Journal (4-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ Blackburn. „Abortion providers scramble to respond to patients before new Texas law takes effect“. houstonchronicle.com (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
- ↑ 13,0 13,1 „Texas Health and Safety Code §§ 171.208(e)(3)“. statutes.capitol.texas.gov. Qaraldi: 26-dekabr 2021-yil.
- ↑ 14,0 14,1 Caroline Kitchener; Emily Wax-Thibodeaux; Ann E. Marimow; Casey Parks. „Despite latest court ruling blocking Texas abortion law, most providers are still reluctant to defy ban“. The Washington Post (7-oktabr 2021-yil).
- ↑ Reese Oxner; Eleanor Klibanoff. „State judge declares Texas abortion law unconstitutional — but does not stop it from being enforced“. The Texas Tribune (9-dekabr 2021-yil).
- ↑ Sneed. „Federal judge issues order blocking Texas' 6-week abortion ban“. CNN (6-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 6-oktabr 2021-yil.
- ↑ Goodman, J. David. „Most Abortions in Texas Are Banned Again After Court Ruling“ (en-US). The New York Times (2021-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ Paul J. Weber; Jessica Gresko. „EXPLAINER: The Texas abortion law's swift impact, and future“. The Associated Press (7-oktabr 2021-yil).
- ↑ „United States v. Texas, No. 21A85“. www.supremecourt.gov (22-oktabr 2021-yil).
- ↑ „United States v. Texas, No. 21-588“. www.supremecourt.gov (10-dekabr 2021-yil).
- ↑ Kelley. „Is This How Roe v. Wade Dies?“. The New York Times (1-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ Goldberg. „Republicans Are Giving Abortion Opponents Power Over the Rest of Us“. The New York Times (1-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ Milhiser. „The staggering implications of the Supreme Court's Texas anti-abortion ruling“. Vox (2-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ Marcus, Ruth. „Opinion: The Supreme Court aids and abets Texas in violating women's constitutional rights“. The Washington Post (2-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ Marcus, Ruth. „Opinion: The handling of the Texas abortion case is an embarrassment for the federal judiciary“. The Washington Post (21-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 7-aprel 2021-yil.
- ↑ „Text of HB 4327“. legiscan.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ Vander Ploeg. „Oklahoma Governor Signs Bill That Bans Most Abortions“. New York Times (25-may 2022-yil). Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ Kitchener, Caroline. „Empty clinics, no calls: The fallout of Oklahoma's abortion ban“. The Washington Post (4-iyun 2022-yil). Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
- ↑ Hammer. „Roe v. Wade Is Already Dead“. CDN (5-iyun 2022-yil). Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
- ↑ Zernike. „Idaho Is First State to Pass Abortion Ban Based on Texas' Law“. The New York Times (14-mart 2022-yil). Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- U.S. v. Texas, no. 21-796 (W.D. Tex. Sep. 9, 2021); complaint filed by U.S. Justice Department to invalidate the Act.
- Docket and documents for United States v. State of Texas, No. 1:21-cv-796 (W.D. Tex. Sept. 9, 2021) and Fifth Circuit Court of Appeals Docket #: 21-50949
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |