Kontent qismiga oʻtish

Thor: Sevgi va momaqaldiroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Thor: Love and Thunderdan yoʻnaltirildi)
Thor: Sevgi va momaqaldiroq
Thor: Love and Thunder

Film posteri
Rejissyor(lar) Taika Waititi
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
Thor
Stan Lee, Larry Lieber, Jack Kirby
Rollarda
Bastakor(lar) Michael Giacchino
Nami Melumad
Kinematografiya Barry Idoine
Muharrir(lar)
  • Matthew Schmidt
  • Peter S. Elliot
  • Tim Roche
  • Jennifer Vecchiarello
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 119 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $250 million[2]
Daromadi $760,8 million[3][4]

Thor: Sevgi va momaqaldiroq (inglizcha: Thor: Love and Thunder) 2022-yilda katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi AQSh filmidir. Taika Waititi tomonidan suratga olingan. Film gʻoyasi Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Thor personajiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan premyera qilingan. Bu film Thor (2011), Thor: Zulmat dunyosi (2013) va Thor: Ragnarok (2017) filmlarining davomi boʻlib, Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 29-toʻliq metrajli filmi sanaladi. Filmda bosh rollarni Chris Hemsworth, Christian Bale, Tessa Thompson, Jaimie Alexander, Waititi, Russell Crowe va Natalie Portman lar ijro etgan. Film voqealariga koʻra, Thor ichki xotirjamlikka erishish maqsadida safarga otlanadi, biroq uning dam olishini „Maʼbudlar qotili“ nomi bilan tanilgan Gorr buzadi. Chaqmoq maʼbudi yangi xavfga qarshi kurashishda Yangi Asgard Qiroli Valkyre, sodiq doʻsti Korg va sobiq sevgilisi Jane Fosterni yordamga chaqiradi. Foster Thor va Myolnir bolgʻa oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv sabab „Mjolnir“ bolgʻasiga munosib koʻrilib, buyuk Thorning kuchiga ega boʻladi.[5]

Thor: Sevgi va momaqaldiroq premyerasi AQShda 2022-yil 8-iyulda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $760.8 million jamgʻardi va 2022-yilning 6chi eng kassabop filmiga aylandi.

Gorr va uning qizi — Love choʻlda suv va yegulik yoʻqligi tufayli ochlikdan qiynalishadi. Ular xudosi boʻlmish Rapuga qancha iltijo qilishmasin, Love halok boʻladi. Necrosword deb atalmish xudolarni oʻldiruvchi qurol Gorrni chaqiradi. Gorr ovoz ortidan ergashib, Rapuning soʻlim podsholigiga boradi. Gorr mushkul vaziyatda ekanligini aytib, Rapudan koʻmak soʻraganda, uning befarqligini koʻrib, unga endi uni xudo sifatida koʻrmasligini aytadi. Bundan jahli chiqqan Rapu Gorrni bugʻar ekan, Necrosword Gorrga oʻzidan foydalanishni taklif qiladi. Gorr esa uning taklifini qabul etib, Rapuni oʻldiradi va barcha xudolarni oʻldirishga qasamyod qiladi. Necroswordga ega chiqqanidan soʻng, Gorr soyalarni boshqarish va maxluqlar yaratish qobiliyatiga sohib boʻladi, biroq yaqinlashayotgan ajal bilan lanʼatlanib, qilich taʼsiriga tushib qoladi.

Gorr bir nechta xudolarni oʻldirganidan soʻng, Thor Sifdan musibatda ekanligi haqidagi chaqiruv signalini oladi. Soʻngra, Thor Galaktika qoʻriqchilari bilan ajralib,[N 1] yaralangan Sifni topadi. Sif esa uni Gorr haqida ogonlantirib, uning keyingi New Asgard ekanligini aytadi. Boshqa tomondan, Yer sayyorasida Thorning sobiq mahbubasi Dr. Jane Fosterga IV bosqichli saraton kasalligi tashxisi qoʻyiladi. Tibbiy muolajalar samarasiz boʻlgandan keyin u Thorning singan bolgʻasi — Mjolnir[N 2] uning xastaligiga davo boʻlishi mumkin degan umidda New Asgardga tashrif buyuradi. Thor yillar avval Fosterni muhofazalash uchun oʻzi bilmagan holda qoʻygan jodusi tufayli Mjolnir boʻlaklari qayta birlashib, Fosterga Thor kuchini ato etadi. Thor Gorr hujumi endi boshlangan mahalda New Asgardga yetib keladi. Thor Mjolnirga sohiblik qilgan Fosterni koʻrib hayratga tushadi va Gorr bilan jang uchun u, Valkyrie va Korg bilan birlashadi. Jamoa Gorrni magʻlub etadi, biroq Gorr qochishga muvaffaq boʻladi. U faqatgina yolgʻiz qochmay, asgardlik bolalarning aksariyatini oʻzi bilan olib ketib, Soyalar dunyosiga qamal qiladi.

Guruh koʻmak olish ilinjida olamdagi xudolar uyi — Qudratli shaharga joʻnab ketadi. Xudolar yetakchisi — Zeus Gorrdan qoʻrqib, guruhga ularga yordam bermasligini aytadi. Uning fikricha, ular shaharda qolishsa, xavfsizlikda boʻlishadi va Gorr ularni topa olmaydi. Zeus ular orqali Gorr shahar joylashuvini topib olishidan hayiqib, guruhni kishanband etishni buyuradi. Natijada, guruh va Zeus jangchilari oʻrtasida jang vujudga kelib, Zeus oʻzining „momaqaldiroq gumburlashi“ nomli quroli bilan Korg tanasi boʻlaklarga boʻlib yuboradi, ammo uning yuzi tirik qoladi. Bundan gʻazabga tushgan Thor esa Zeusga oʻzining qurolini suqadi. Soʻngra, Valkyrie „momaqaldiroq gumburlashi“ni qoʻlga kiritadi va guruh shahardan qochib ketadi. Guruh Soyalar dunyosiga kelishadi, biroq bolalarni topa olishmaydi. Foster tushunib yetadiki, bolalarni oʻgʻirlash Thorning oyboltasini qoʻlga kiritish uchun qilingan Gorrning tuzogʻi boʻlib, Gorr oybolta orqali Bifrostni ochishi va Abadiylik dunyosiga (barcha xudolarni oʻldirish uchun) kira olishga erishishi mumkin. Gorr guruhdan ustun kelib, Valkyrieni ogʻir jarohatlaydi. Soʻngra, guruh chekinadi va Yerga qaytadi. Biroq, Gorr maqsadiga erishadi, yaʼni Thorning oyboltasini qoʻlga kiritadi.

Foster har safar Mjolnirdan foydalanganda, Mjolnir uning quvvatini soʻrib olishi va bu uni oʻlim sari yetaklashi maʼlum boʻladi. Thor Fosterni sogʻayish uchun zarur dorilarni qabul qilishga va Gorr bilan yolgʻiz oʻzi (Foster ishtirokisiz) jang qilishiga koʻndiradi. Thor oʻgʻirlab ketilgan bolalarni Abadiylik mehrobida topadi va Zeusning „momaqaldiroq gumburlashi“ quroli yordamida ularga oʻzining kuchini beradi. Thor bilan Gorr jang qilishayotganda, bolalar Gorr yaratgan maxluqlar bilan jang qilishadi. Bu orada Foster Gorr Thorni oʻldirmoqchi ekanligini his qiladi va Thorni qutqarish uchun Mjolnir bilan jangga qoʻshiladi. Ikkovlon Necroswordni yoʻq qilishib, Gorrni uning taʼsiridan halos etishadi. Ammo, Gorr Abadiylik dunyosiga kirishga erishadi (Thor va Foster ham kirishadi). Gorr oʻz tilagini aytishga hozir ekan, Thor unga xudolarni oʻldirish oʻrniga qizini tiriltirishini oʻtinadi. Soʻng, Thor Gorrni qaror qilish uchun qoldirib, jon berish arafasida boʻlgan Fosterning yoniga boradi. Gorr esa Abadiylikdan qizi Loveni tiriltirishni soʻraydi. Qizi tiriladi va Gorr lanʼat ortidan oʻlayotganda, Thordan Loveni asrashini soʻraydi.

Korgning tanasi tiklanadi va u yangi oila quradi. New Asgardda Fosterning vafoti eʼtirof etiladi, Valkyrie va Sif esa bolalarni shugʻullantirish bilan mashgʻul boʻladi. Thor Loveni asrab olib, u bilan birgalikda yangi sarguzashtlarni boshlaydi (Thor oyboltaga, Love esa Mjolnirga egalik qilgan holda).

Oʻrta kreditlar sahnasida, sogʻaygan Zeus oʻgʻli — Herculesni Thorni jonini olish uchun yuboradi. Post kreditlar sahnasida esa, Foster Valhalla darvozasiga yetib kelib, uni u yerda Heimdall qarshi oladi.

Hemsworth, Thompson va Portman San Diego Comic-Conda (2019)
  • Chris Hemsworth Thor rolida:
    Qasoskor va Asgardning sobiq qiroli, Skandinaviya mifologiyasidagi ayni nomli xudoga tayangan.[6] Film rejissori Taika Waititining aytishicha, filmda Thor kimligini aniqlashga urinadi va oʻziga „men kimman, nima uchun qahramonman va nega qahramon boʻlishim kerak“ kabi savollarni beradi.[7] Hemsworthning egizak oʻgʻillari — Sasha va Tristan filmda Thorning bolaligini jonlantirishadi.[8]
  • Christian Bale Xudolar qotili Gorr rolida:
    Necrosword bilan qurollangan qotil. Tanasi chandiqqa toʻla boʻlib, u barcha xudolarni oʻldirishni maqsad qilgan.[9][10] Waititi Gorrni „juda qoʻrqinchli“ va juda chuqur xarakterga ega, deb tasvirladi.[11][12] Waititi filmda Gorrning yuz koʻrinishini oʻzgartirishga qaror qildi, chunki ushbu personajning komiksdagi asl koʻrinishi Harry Potter filmlar seriyasidagi Lord Voldemort qahramoniga oʻxshardi.[13]
  • Tessa Thompson Valkyrie rolida:
    New Asgard qirolichasi, mifologik mavjudot — Brynhildrga asoslangan.[6][9] Thompson va film produseri Kevin Feigening aytishlaricha, Valkyriening biseksualligini film davomida koʻrish mumkin.[14] Waititining aytishicha, Valkyrie New Asgard infratuzilmasi va iqtisodiyotini idora etish, boshqa mamlakatlar delegatlarini qarshilash kabi jang maydonidan uzoq boʻlgan burokratik aspektlarga koʻnikishi kerak edi.[11]
  • Jaimie Alexander Sif rolida: Asgardlik jangchi va Thorning bolalikdan yaqin doʻsti, Skandinaviya mifologiyasidagi ayni nomli xudoga tayangan.[15]
  • Taika Waititi Korg rolida: Kronan irqiga mansub gladiator.[16]
  • Russell Crowe Zeus rolida: Olimpiachilar xudosi, yunon mifologiyasidagi ayni nomli xudoga tayangan.[17] Crowe jonlantirayotgan qahramoni yunoncha aksentda gapirishini istagan, ammo Waititi „juda ahmoqona“ tuyuladi, deb oʻylab, Croweni ham yunoncha, ham britancha aksentda gapirtirgan. Yakunda, Waititi Crowe toʻgʻri aytganini aytib, filmda yunoncha aksentda gapirganini ishlatgan.[18]
  • Natalie Portman Jane Foster / Qudratli Thor rolida:
    Astrofizik va Thorning sobiq mahbubasi. Unga saraton tashxisi qoʻyilib, filmda Foster Thorning sobiq bolgʻasi — Mjolnirga egalik qilib, „Qudratli Thor“ga aylanadi.[6][9][19] Avvalgi film — Thor: Ragnarok (2017) da paydo boʻlmagan Portman Waititi bilan uchrashuvdan soʻng, filmga qaytishga rozi boʻladi.[20] Waititi shuni ham qoʻshimcha qildiki, Fosterning Thornikiga oʻxshash kiyimda paydo boʻlishi uni (Thorni) „hayratda“ qoldiradi.[21]

Oʻzbekcha dublyaj

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film oʻzbek tiliga „Shavid Sound“ dublyaj studiyasi tomonidan oʻgirilgan[manba kerak].

Bundan tashqari, tarjimon — Zilola Rahimova, dublyaj rejissori — Shavkat ABdujamilov, ovoz rejissori — Quvondiq Abdullayev, muharrir — Shahlo Sadiqova.

Filmga Michael Giacchino va Nami Melumad bastakorlik qilishgan.[22]

NomiDavomiyligi
1.„Mama's Got a Brand New Hammer“6:10
2.„Just Desert“2:25
3.„Indigarr with the Diva“1:44
4.„The Not Ready for New Asgard Players“1:39
5.„See Jane Thor“1:08
6.„Distressed Out“2:38
7.„Gorr Animals“2:33
8.„A Gorr Phobia“2:08
9.„The Ax Games“1:21
10.„Thorring to New Heights“0:57
11.„Show Intel“2:53
12.„We're Not Emos We're Gods“0:51
13.„The Zeus Fanfares“1:26
14.„I Was in the Pool!“2:25
15.„Saving Face“3:09
16.„Utter Lunarcy“1:24
17.„Think on Your Defeat“1:41
18.„Bedside Hammer“1:35
19.„Temple-itis“1:38
20.„Surely, Temple“1:01
21.„The Power of Thor Propels You“2:01
22.„Foster? I Barely Know Her!“3:06
23.„Jane Stop This Crazy Thing“2:52
24.„One Wish to Rule Them All“2:58
25.„All's Fair in Love and Thor“1:44
26.„Bawl and Jane“1:23
27.„The Kids Are Alright“1:21
28.„The Ballad of Love and Thunder“8:12
Jami davomiyligi:59:03
  1. Thor Galaktika qo'riqchilari jamoasiga Qasoskorlar: Intiho (2019) filmida qoʻshiladi.
  2. Mjolnir Thor: Ragnarok (2017) filmida sinadi.
  1. „Thor: Love and Thunder (12A)“. Irish Film Classification Office (23-iyun 2022-yil). 24-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
  2. Ehrlich, David „ʻThor: Love and Thunder’ Review: Fun and Quirky Space Epic Confronts Aimlessness of Post-Thanos MCU“. IndieWire (5-iyul 2022-yil). 6-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  3. Thor: Love and Thunder. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  4. „Thor: Love and Thunder (2022)“. The Numbers. Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  5. „“Tor: Sevgi va yashin” filmining birinchi tizeri namoyish etildi“. Daryo.uz (22-aprel 2022-yil). Qaraldi: 28-aprel 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 D'Alessandro, Anthony; Ramos, Dino-Ray „Natalie Portman Is Female Thor In 'Thor Love And Thunder' Opening Fall 2021 –Comic-Con“. Deadline Hollywood (20-iyul 2019-yil). 21-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2019-yil.
  7. Bahr, Lindsey „Movies love a comeback story. This summer, it's their turn.“. Associated Press (4-may 2022-yil). 4-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  8. Echebiri, Makuochi „'Thor: Love and Thunder' Includes Surprise Appearance From Chris Hemsworth's Kids“. Collider (5-iyun 2022-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 Chapman, Wilson „'Thor: Love and Thunder' Teaser Reveals Natalie Portman as the New Thor“. Variety (18-aprel 2022-yil). 18-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2022-yil.
  10. Osborne, James „Thor: Love & Thunder Art Reveals Detailed Look at Christian Bale's Gorr“. Screen Rant (11-aprel 2022-yil). 11-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2022-yil.
  11. 11,0 11,1 Coggan, Devan „Taika Waititi teases Thor: Love and Thunder as Thor's 'midlife crisis' film“. Entertainment Weekly (10-may 2022-yil). 10-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  12. Maytum, Matt „Christian Bale reveals the surprise influences behind his terrifying Thor: Love and Thunder villain“. Total Film (21-iyun 2022-yil). 21-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
  13. Sarrubba, Stefania „Thor: Love and Thunder changed Gorr's design due to Harry Potter“. Digital Spy (4-iyul 2022-yil). 4-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  14. Galuppo, Mia „'Thor' Star Tessa Thompson Teases Valkyrie as Marvel's First LGBTQ Superhero“. The Hollywood Reporter (20-iyul 2019-yil). 21-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2019-yil.
  15. Kroll, Justin „Sif Returns To The MCU: Jaimie Alexander To Reprise Role In 'Thor: Love And Thunder'“. Deadline Hollywood (11-dekabr 2020-yil). 11-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2020-yil.
  16. Romano, Nick „Taika Waititi confirms Korg's glorious return for Thor: Love and Thunder“. Entertainment Weekly (16-oktabr 2019-yil). 16-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  17. Evangelista, Chris „Russell Crowe is Playing Zeus in 'Thor: Love and Thunder'“. /Film (22-aprel 2021-yil). 22-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-aprel 2021-yil.
  18. Guerrasio, Jason „Russell Crowe did all of his Zeus scenes in 'Thor: Love and Thunder' twice because Taika Waititi couldn't decide on which accent to use“. Yahoo! (13-iyul 2022-yil). 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2022-yil.
  19. Freydkin, Donna „Natalie Portman Is Forging New Fairy Tales and Swinging Thor's Hammer“. Yahoo! (7-oktabr 2020-yil). 8-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  20. Huver, Scott „Kevin Feige reveals the thinking behind Marvel's Phase Four“. CNN (22-iyul 2019-yil). 22-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2019-yil.
  21. Travis, Ben „Thor: Love And Thunder: Jane Foster's Return Is 'A Real Mindf–k For Thor', Says Taika Waititi – Exclusive Image“. Empire (7-may 2022-yil). 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2022-yil.
  22. „ʻThor: Love and Thunder’ Soundtrack Album Details“. Film Music Reporter (5-iyul 2022-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.