Hayot
Hayot metabolizm, oʻsish, koʻpayish bilan xarakterlanuvchi materiya holatidir. Hayot holatdagi jismlar hayot shakllari yoki organizmlar, deyiladi. Koʻp hayot shakllari atrof-muhitga oʻzlarining ichki jarayonlarini oʻzgartirib moslasha oladi. Hayotning fizik xarakteristikasi teskari entropiyadir.[1][2]
Hayot, tiriklik, tirik organizmlar — materiyaning eng yuksak shakli. Zamonaviy qarashlarga binoan,hayot tashqi muhitdan olinadigan energiya hisobiga oʻz-oʻzidan boshqariladigan va oʻz-oʻzini bunyod etish xossasiga ega boʻlgan oʻziga xos strukturalardan iborat. Molekulyar biologiya, biofizi-ka, biokibernetika (qarang Kibernetika) va boshqa fanlar sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Hayotning moddiy asoslari biopolkmerlar ekanligi aniqlandi. Ulardan oqsillar va nuklein kislotalar barcha tiriklikning doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Biopolimerlar Hayot namoyon boʻlishining molekulyar jarayonlarida ishtirok etadi. Hayotiy jarayonlarda oqsillarning ahamiyati ular kimyoviy tuzilishi va biologik funksiyasining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Har qanday genetik informatsiya oqsil molekulasida aminokislotalarning ketma-ket joylanishi orqali namoyon boʻladi. Genetik informatsiyani nuklein kislotalar (DNK yoki RNK) oʻzida saqlaydi va irsiyatga oʻtkazadi. Oqsillar biosintezida (qarang Biosintez) bu informatsiya hujayraning genetik apparati (genom)lan sitoplazmaga oʻtib, oqsil molekulasiga aminokis yutalar qoldiqlari ketma-ketligidan iborat uzun zanjir shaklida yozib olinadi, Oqsillar sintezining amalga oshirlishi orqali nuklein kislotalar hujayrada kechadigan moddalar alma-shinuvi tavsifini belgilab beradi. Moddalar almashinuvi esa oʻzaro muvofiqlashgan va dinamik bogʻlangan assimilyatsiya (plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (energiya almashinuvi) jarayonlari yaxlit sistemasidan ibo-rat. Bu jarayonlar tufayli tirik organizmlar hayotiy funksiyalarining bajarilishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoit vujudga keladi, yaʼni ular tarkibining oʻz oʻzidan yangilanishi sodir boʻladi va bu tarkibning nisbiy turgʻunligi saqlanib qoladi.Hayot qadrining ijobiy ko‘rinishi-yaxshilikdir.
Umumiy maʼnoda Hayot oʻziga xos strukturalarning tashqi muhitdan olingan energiya sarfi orqali oʻz-oʻzini boshqarish va bunyod etishi tariqasida talqin qilinadi. Bu tavsifdan moddalar va energiya almashinuvi orqali organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida doimiy bogʻlanish boʻlib turishi toʻgrisidagi tushuncha kelib chiqadi. Organizmda moddalar almashinuvi assimilyatsiya jarayonlari majmuidan iborat. Assimilyatsiya hujayra molekulyar komponentlarining, jumladan tur uchun xos boʻlgan moddalar (oqsil, nuklein kislotalar) sintezi va dissimilyatsiyasini, yaʼni ishlatib boʻlingan moddalarning parchalanishi va organizmdan chiqarilishini oʻz ichiga oladi. Mazkur jarayon energiyaning qayta taqsimlanishi orqali sodir boʻladi. Bu jarayonda avtotrof fotosintezlovchi organizmlar (yashil oʻsimliklar, fototrof bakteriyalar) quyosh energiyasini oʻzlashtirib, uni kimyoviy bogʻlar energiyasiga aylantiradi (mas, ATF sintezi, fosforlanish). Xemosintezlovchi avtotrof (temir va oltingugurt bakteriyalari) kam oksidlangan anorganik birikmalar energiyasidan, geterotroflar (koʻpchilik bakteriyalar, hayvonlar, zamburugʻlar) esa avtotroflar yoki boshqa geterotroflar sintezlagan organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan energiyadan foydalanadi. Metabolitik oʻzgarishlar davomida energiyaning koʻp qismi issiqlik shaklida yoʻqotilishi natijasida organizm — muhit sistemasi entropiyasi oshadi.
Hayotga moddalar almashinuvi jarayoni sifatida qarash oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan, lekin bu qarashlar yangi maʼlumotlar bilan boyib bormoqda.
Moddalar almashinuvi — hayot uchun zarur boʻlgan tuzilmalarning saqlanib turishi va hosil boʻlishining zurur sharti sifatida har bir organizm turi uchun oʻziga xos boʻladi. Hayotning zamonaviy tavsifiga koʻra, uning asosiy xossalariga moddalar almashinuvi bilan bir qatorda oʻz-oʻzini yaratish (reproduksiya), irsiylanish va oʻzgaruvchanlik namoyon qilish, oʻsish va rivojlanish, taʼsirlanish va taʼsirga javob berish, oʻz-oʻzidan boshqarilish, ritmlilik, energiyaga muhtojlik va boshqa xususiyatlar ham kiradi. Muayyan tuzilgan strukturalarning buzilishi bilan Hayot ham toʻxtaydi. Strukturalarning oʻziga xos xususiyatlari matritsa usulida koʻpayadigan genetik programmada mavjud boʻlgan axborot bilan bogʻliq. Matritsa sintezi jarayonida genetik programmadan xato nusxa olinishi (mutatsiya) mumkin. Buning natijasida olingan programma nusxalar oʻrtasida farq (konvariant replikatsiya) paydo boʻladi. Mutatsiyalarning asosiy qismi evolyutsiyaning dastlabki davrlarida sodir boʻladigan reparatsiya mexanizmlari orqali yoʻqotiladi, lekin saqlanib qolgan irsiy oʻzgarishlarning oʻzi organizmlarning xilma-xil boʻlishi va ularda tashqi muhit sharoitiga har xil moslanishlar vujudga kelishi uchun yetarli boʻladi. Organizmlar belgilarining xilma-xilligi tabiiy tanlanish uchun shart-sharoit yaratadi; bu esa, oʻz navbatida. yashash sharoitiga qarab organizmlarning mukammallashuvi (progress) ga yoki ular tuzilishining soddalashuvi (refess)ga olib keladi. Shunday qilib, Hayot oʻz mohiyatiga koʻra oʻz-oʻzini yaratadigan jarayon sifatida evolyutsiyaning shart-sharoitlarini belgilab beradi. Yer yuzasida Hayot molekulyar, hujayra, organizm, populyatsiya, tur, biogeotsenez (ekosistema) va biosfera darajalarida namoyon boʻladi. Biologiya fanlarining XX asrda erishgan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan Hayotning zamonaviy tavsiflari uni tabiatan moddiy emasligi toʻgʻrisidagi gʻayritabiiy nazariyalarga oʻrin qoldirmaydi. Shuning bilan birga bu tavsiflar Hayotni faqat fizik-kimyoviy qonuniyatlar bilan bog'lab qoʻyishga imkon bermaydi. Moddalar almashinuvi asosida amalga oshiriladigan matrisa sintezi va undan kelib chiqadigan biologik evolyutsiya notirik tabiat uchun xos boʻlmaydi. Mohiyatiga koʻra Hayot notirik tabiatga nisbatan materiya harakatining ancha yuksak darajadagi shakli hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Hayotga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |