Ilmenit
Qiyofa
(Titanli temir-toshdan yoʻnaltirildi)
Ilmenit, titanli temir-tosh (Uraldagi Ilmen togʻi nomi-dan) — mineral, kimyoviy formulasi FeTiO, FeOTiO,. Tarkibidabiroz magniy, baʼzan marganets ham boʻladi. Tri-gonal singoniyali, kristallari yoʻgʻon taxtachasimon, romboedrik, goho pla-stinkasimon. Rangi qoramtir, qora, kulrang . Qattiqligi 5—6. Zichligi 4,8 g/sm3. Asosli intruziv (gabbro, piro-ksenit, diabaz) va ishqorli jinslarda magnetit, choʻkindi jinslarda esa koʻpincha magnetit bilan birga uchraydi. Rossiyada’Ilmen togʻlarida (Jan. Ural), Norvegiyada Egersunn-Sogndal yonidagi Telnes koni va Krageryo konlari bor. Titan olinadigan asosiy ruda. Aviatsiya sanoatida va poʻlatning alohida turini olishda ishlatiladi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |