Kontent qismiga oʻtish

Toʻpchiboshi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(To'pchiboshidan yoʻnaltirildi)

Toʻpchiboshi — harbiy lavozim. Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiy vazifalarni bajargan amaldor (asosan, artilleriya boshqaruvchisi). Buxoro amirligida 2 ta T. unvoni mavjud boʻlgan: biri toʻpchiboshiyi lashkar deb nomlangan boʻlib, Buxoro garnizonining boshligʻi vazifasini ado etgan, uni vaziri harb — harbiy vazir ham deb atashgan, unga barcha harbiy qismlarning sardorlari boʻysungan. Davlat qurolyarogʻ ombori — toʻpxonaga masʼul hisoblangan. Ushbu shaxs kutvol, bakovul, oʻragʻa kabi mansab egalari qatori hukmdor qabulida baʼzan oʻtirish huquqiga ega boʻlgan. Ikkinchi T. Buxoro qalʼasi (arki) komendanta hisoblangan, shu bois toʻpchiboshiyi darvozayi arki oli — "qalʼa artilleriyasi sardori" deb yuritilgan, u oʻz mavqeiga koʻra, shigʻavul, miroxurboshi, shixna (mirshab) kabi lavozimlar darajasida turgan.

Ad.Mirza Badi’ divan, Madjmaalarkam, Vvedeniye, perevod, primechaniya i prilojeniya A. B. Vildanovoy, M., 1981.