Kontent qismiga oʻtish

Gʻani Toʻlaganov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Toʻlaganov Gʻani Olimovichdan yoʻnaltirildi)

Gʻani Olimovich Toʻlaganov (1935.29.5, Toshkent) — dirijyor, sozanda. Oʻzbekistonda (1984), Qoraqalpogʻistonda (1987) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Toshkent konservatoriyasini qashqar rubobi ijrochiligi (1959) va operasimfonik dirijyorligi (1964) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. "Shodlik" ansamblida sozanda (1951—59), Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqituvchi (1959-yildan), professor (1999-yildan). Samarqand opera va balet teatrida bosh dirijyor va badiiy rahbar (1964—70). Navoiy teatrida dirijyor (1976—92), Oʻzbek davlat filarmoniyasi direktori va badiiy rahbari (1979—84), Oʻzbekiston konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr studiyasi direktori (1996—2003). Dirijyor sifatida bir necha opera va balet spektakllarini, birinchi boʻlib oʻzbek kompozitorlari asarlarini (S. Boboyevning "Yoriltosh" va "Fidoiylar", U. Musayevning "Mangulik", N. Zokirovning "Raqiblar", Ham. Rahimovning "Zafar", Ik. Akbarovning "Sugʻd elining qoploni", M. Burhonovning "Alisher Navoiy" operalari, U. Musayevning "Afsonalar vodiysi" baleti) sahnalashtirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil