Kontent qismiga oʻtish

Toʻquv stanogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Toʻquv Stanogidan yoʻnaltirildi)

Toʻquv stanogi — arqoq va tanda iplaridan gazlama hosil qiladigan mexanik qurilma. Dastlabki qoʻl (dastaki) Toʻquv stanogi (toʻquv dastgohi) mil. av. 5 —6-asrming yilliklarda paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda (shu jumladan, Oʻzbekiston hududida) milodning boshidayoq paxta tolasidan gazlama qoʻlda toʻqilgan. Keyinchalik yogʻochdan yasalgan dastaki toʻquv dastgohi paydo boʻlgan (qarang Toʻquvchilik). Gazlama hosil qilish usuliga qarab, uzlukli (mokili va mokisiz) va uzluksiz (koʻp zvenoli); konstruksiyasiga qarab, tekis va yumaloq (qopsimon materiallar toʻqish uchun) turlarga boʻlinadi.

Mokili tekis toʻquv stanogi koʻp tarqalgan. Ipning turiga qarab, paxta, ipak, jun va boshqa toʻqiydigan stanoklarga boʻlinadi. Toʻquv stanogiensiz (mato eni 100 sm gacha), yengil va oʻrtacha hamda ogʻir matolar uchun enli (keng) xillari boʻladi. Homuza (tanda iplari orasida arqoq ipiga qoldirilgan boʻsh joy) hosil qilish qurilmasiga qarab, ekssentrikli (oddiy oʻrilishli gazlamalar uchun), karetkali (mayda gulli gazlamalar uchun) va jakkardli (yirik gulli gazlamalar uchun) Toʻquv stanogilar bor (qarang Jakkard mashinasi). Lenta, gilam, elak toʻri va metall toʻrlar maxsus stanoklarda toʻqiladi.

Toʻquv stanogining asosiy ish organlari — remiz (tanda ipni koʻtarib tushiruvchi mexanizm), moki va berdo. Navoydan boʻshalib chiqadigan tanda iplari yoʻnaltiruvchi val (skalo)dan egilib, gorizontal yoki qiya holatga oʻtadi. Keyin ular lamela (ip uzilsa, stanokni toʻxtatadigan qism) teshigidan va remiz koʻzlaridan oʻtib, homuza hosil boʻladi.

Homuzaga moki vositasida yoki boshqa usulda arqoq ipi tashlanadi. Homuza orasida qolgan arqoq ipi batanning yuqori qismiga oʻrnatilgan berdo yordamida toʻqimaning chetiga keladi, natijada matoning bir elementi hosil boʻladi. Mokili Toʻquv stanogida arqoq ipi naychaga oʻralib, mokiga oʻrnatiladi. Moki homuza orasidan oʻtib, arqoq tashlaydi.

Qad. Toʻquv stanogilarida moki homuza orasidan qoʻlda oʻtkazilgan. Hozirgi avtomatik Toʻquv stanogilarida zarb mexanizmlari yordamida moki oʻzoʻzidan boribkelib, arqoq ipi tashlaydi. Mokisiz stanokda havo va tomchi suv oqimi bosimi orqali arqoq ipi tashlanadi. Havo yordamida ishlaydigan stanoklar paxta va ip tolalardan, suv yordamida ishlaydigani faqat sintetik tolalardan mato ishlab chiqaradi. Nayzali (rapira) stanoklarda arqoq uchida qisqichi boʻlgan nayzalar bn tashlanadi. Nayzalar toʻquv stanogining ikki yon tomoniga oʻrnatilgan boʻlib, ilgarilamaqaytma harakatlanadi. Bu Toʻquv stanogi jun va har xil rangli arqoqlardan mato ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Havo va rapira yordamida arqoq tashlovchi kombinatsiyey Toʻquv stanogida homuzaga avval ichi boʻsh nayzalar (rapiralar) kirib, bularni ichiga havo yordamida arqoq tashlanadi, shundan keyin nayzalar homuzadan chiqadi, arqoq esa qoladi.

Trikotaj gazlamalar halqa hosil qiluvchi trikotaj mashinalarida, atlas 4 va 8 tepkili maxsus Toʻquv stanogida toʻqiladi. (qarang Atlas, Trikotaj).