Kontent qismiga oʻtish

Alkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tog‘ziradan yoʻnaltirildi)

Alkor, togʻzira (Athamanta macrophylla) – ziradoshlar oilasiga mansub oʻq ildizli koʻp yillik rezavor oʻsimlik. Boʻyi 1-2 m. Yoshiga qarab har yili bittadan 15 tagacha poya chiqaradi. Barglari murakkab, qalin. Toʻpgullari soyabon, mu-rakkab, poyasining uchida joylashgan. Har bir soyabonchada 20 tacha gul boʻladi. Ildizi yoʻgʻon. Urugʻlari mayda, tuxumsimon, uz. 4-6 mm. Alkor iyun – iyulda gullaydi, avgust- sentabrda urugʻi pishadi. Oʻrta Osiyo florasi uchun endemik hisoblanadi. Oʻzbekistonda 1500-2800 m balandlikdagi togʻ yonbagrlarida oʻsadi. Toshkent, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Alkor, ayniqsa, uning urugʻi, guli va barglari xushboʻy efir moylariga nihoyatda boy (1,67%). Shuning uchun Alkorni mahalliy aholi rezavor 349 oʻsimlik sifatida taomga ishlatadi. Alkor qoʻshilgan sut mahsulotlari uzoq vaqt (15-20 kun) gacha achimaydi. Uning soyada yoki oftobda quritilgan bargi va urugʻlari bodring, pomidor, karam, olma, qovun, tarvuz va boshqalarni tuzlash uchun ishlatiladi. Alkorning oʻziga xos xushboʻy hidi uzoq saqlanib turadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil