Kontent qismiga oʻtish

Birja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tovar-xom ashyo birjasidan yoʻnaltirildi)

Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi:

'Birja(gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. B.da brokerlar, dilerlar, trey^ derlar faoliyat koʻrsatadi. B. va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.

Tovar B.si ommaviy tovarlar (don, paxta, metall va boshqalar)ni standartlar yoki namunalar boʻyicha sotadi. Ayrim B.lar faqat bir guruh tovarlar savdosi boʻyicha ixtisoslashadi. Kelishuvlar maʼlum muddatlarga tuziladi (aksariyat 6 oy), natijada tomonlar narxlar farqlaridan koʻp narsa yutishi yoki yutkazishi mumkin. B. narxlari haqidagi maʼlumotlar kotirovka shaklida muntazam birja byulletenlarida eʼlon qilib boriladi.

Oʻzbekistonda 1994-yildan Respublika tovarxom ashyo B.si (ochiq aksiyadorlik jamiyati) va 1991-yil avgustdan "Oʻzbekistan" respublika universal agrosanoat B.si, shuningdek respublikada ishlab chiqarish vositalari, tovar resurslari oldisotdisi bilan shugʻullanadigan "Oʻzulgurjibirjasavdo" — Oʻzbekistonda ulgurji va birja savdosi boʻyicha Respublika davlataksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Respublika koʻchmas mulk B.sida (1994 i. mart) koʻchmas mulk (turar joy binolari, yer maydonlari, avtotransport vositalari, bankrot boʻlgan korxonalar va boshqa mulklar) kimoshdi va tanlov savdolari orqali sotiladi.

Fond B.si aksiyalar va obligatsiyalar bilan oldisotdi muomalasini olib boradi. Bundam B.larda mamlakatda chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar bilan birga chet el qimmatbaho qogozlari ham savdoda qatnashaveradi. Fond B.sidagi bitishuvlarda qimmatbaho qogozlar haqi savdolashuvning oʻzida yoki 2—3 kun keyin toʻlanadi (kassa bitishuvi) yoki hisobkitoblar bir oy muddatda oʻtkaziladi (muddatli bitishuv). B.da ish koʻrayotganlar qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish vaqtidagi kurslar farqidan (muddatda sotish) katga fonda koʻradilar. Yirik fond B.lari NyuYork, Tokio, London, Parij, Bazel, Moskva va boshqa shaharlarda joylashgan. Oʻzbekistonda "Toshkent" respublika fond B. erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar, veksellar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar savdosi bilan shugʻullanadi (1994-yil aprelda ta sh kil etilgan).

Valyuta B.si valyutalar bozorini oʻtkazadi va valyutalar kotirovkasini amalga oshiradi. Hozirgi sharoitlarda keng koʻlamli valyuta savdosi yirik banklar oʻrtasida olib boriladi, ammo ayrim mamlakatlarda banklararo valyuta bozori bilan birga maxsus valyuta B.lari ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi 1992-yil 22-iyunda tuzilgan. Chet el valyutasi savdosini tashkil etish bilan shugʻullanadi. 1994-yil 15 apreldan muntazam savdo oʻtkazadi.

Dastlabki B.lar 15—16-asrlarda Italiya, Gollandiya, Angliyada paydo boʻlib, 19-asrning 2-yarmida juda rivojlandi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20- yillarida B.lar mavjud boʻlib, ulardan koʻp ukladli iqtisodiyot sharoitida bozorni davlat tomonidan boshqarish maqsadida foydalanilgan edi. 1991-yildan mamlakatning bozor iktisodiyotiga utishi davrida Oʻzbekistonda respublika universal tovarfond B.si (1991-yil avgustda tuzilgan), viloyatlarda respublika B.larining boʻlim va vakolatxonalari hamda mustaqil tovar va tovarxom ashyo B.lari faoliyat boshladi. 1996-yildan Toshkent shahrida hamma turdagi B. savdolarini utkazishga ixtisoslashgan va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan Respublika Birja markazi ishga tushirildi.

B. savdosi har bir mamlakatda muayyan qonunlar majmui asosida tartibga solinadi. Qonunlar narxlar bilan qalloblik qilishni hampa bankropmiknint oldini olish maqsadlarini koʻzlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda keyingi 20 yil ichida B. savdosini qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish kuchaydi. Ilgari koʻpgina mamlakatlarda B. muomalasi, asosan, B.ning oʻzida ishlab chiqilgan meʼyor hamda qonunlar asosida tartibga solinar edi. AQShda 1973-yildan fyuchers B.lari ishini barcha tovar fyuchers savdosi boʻyicha komissiya boshqaradi. Uning xodimlari tarkibini Prezident tayinlaydi va Kongress tasdiklaydi. Angliyada 1986-yilgacha tovar B.si faoliyatini Angliya banki kuzatib turgan, 1986-yildan bu vazifani qimmatbaho qogʻozlar va investitsiya boʻyicha Kengash bajaradi. Fransiyada bunday boshqarish fyuchers tovar bozori boʻyicha komissiyaga, Yaponiyada turli vazirliklar (moliya, qishloq xoʻjaligi, tashqi savdo hamda sanoat)ga yuklatilgan. Oʻzbekistonda 1992-yil 2-iyulda "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida" Qonun qabul qilindi. 1992-yil martdan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan B.lar ishini muvofiqlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi birjalari kengashi tuzildi, 1995-yil sentabrda respublika Moliya vazirligi qoshida Qimmatbaho qogʻozlar va fond B.lari boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi. Komissiya qimmatbaho qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va korxonalar hamda davlat boshqaruvi organlarining B.dagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi.

Sherqul Shodmonov.[1]

Sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yigʻilishini; Bunday yigʻilishlarini oʻtkazish joylarini byelgilashni; Shu vaqtda amalga oshiriladigan oldi-sotdi amallarining yigʻindisini. Bu fikrlarning barchasi jamlansa maʼlum maʼnoda bozor yoki birja dyegan maʼno kyelib chiqadi. Birjaning oʻziga xosligi shundaki unda savdo ulgurji tarzda amalga oshiriladi. Birjaning dastlabki shakllaridan biri bu — qadimdan savdo-sotiqda oʻzaro tovar va maxsulotlar almashinuvini taʼminlashda dallollar (brokyerlar) vositachilik qilganlar, chyet eldan va mamlakatlar viloyatlaridan kyelgan savdogarlar bilan doimiy aloqada boʻlib turganlar, oʻz mushtariylarga yetishmagan tovarlar haqida tyez-tyez karvonlarning boshqa turkumlari orqali oʻz ehtiyojlarini maʼlum qilganlar. Dallollik xizmati oʻsha davrlarda muxim hisoblangan. Birja eng qadimgi savdo instituti boʻlib, hozirgi birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruxlarining koʻplab yuzaga kyelishini taʼminlaydi. Dyemak, hozirgi birjalarning avlodi boʻlib bozor va yarmarkalar sanaladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil