Kontent qismiga oʻtish

Toyotomi (Xokkaydo)

Koordinatalari: 45°6′0″N 141°47′0″E / 45.10000°N 141.78333°E / 45.10000; 141.78333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Toyotomi, Xokkaydodan yoʻnaltirildi)
Toyotomi

豊富町
Shaharcha
Skyline of Toyotomi
Toyotomi
Bayroq
Toyotomi
Gerb
45°6′0″N 141°47′0″E / 45.10000°N 141.78333°E / 45.10000; 141.78333
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Eiji Kudo
Maydon 520.69 km2 (201.04 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Yaponcha
Aholisi
 (2016-yil 30-sentyabr)
4,054
Zichligi 7.8 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+09:00SJT
Toyotomi xaritada
Toyotomi
Toyotomi

Toyotomi (豊富町, Toyotomi-chō) Xokkaydoning Soya subprefekturasida joylashgan shaharcha. U Rishiri-Rebun-Sarobetsu milliy bogʻining bir qismi boʻlgan va issiq buloqlari bilan mashhur Sarobetsu tekisligini oʻz ichiga oladi.

2016-yil sentyabr oyi maʼlumotlariga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 4,054 kishini va zichligi har kvadrat kilometrga 7,8 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 520,69 km²[1].

Shaharcha nomining kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toyotomi nomi xozirda Shimo-Ebekorobetsu Daryo vodiysi deb ataluvchi hududdan kelib chiqgan. Aynu tilida Ebekorobetsu (ipe-kor-pet) nomi „baliq bor daryo“ degan maʼnoni anglatadi. Hudud koʻmir, neft, torf kabi tabiiy resurslarga va issiq buloqlarga boy boʻlganligi uchun u „boy“ yoki „moʻl“ degan maʼnoni anglatuvchi houfu (豊富) soʻzining xitoycha belgilarining muqobil oʻqilishi boʻlgan Toyotomi nomini oldi.

  • 1878-yil – Hozirgi Toyotomi joylashgan hududda Saru qishlogʻi tashkil etildi.
  • 1919 yil – Saru va Xoronobe qishloqlari birlashtirildi.
  • 1926-yil – Hozirgi Toyotomi Onsen joylashgan hududida tabiiy gaz konlari topildi.
  • 1948-yil oktyabr – Toyotomi Rumoi subprefekturasidan Soya subprefekturasi nazoratiga oʻtkazildi.
  • 1959-yil – Toyotomi Yaponiya munitsipal qonunlariga koʻra rasman shaharcha deb belgilandi.
  • 1974-yil – Toyotomidagi Sarobetsu tekisligi milliy bogʻ sifatida belgilandi.

Sarobetsu tekisligi Sarobetsu daryosi vodiysining qirgʻoq tomonini qoplaydi. 40-sonli Yaponiya milliy marshrutining sharqidagi hudud tepaliklar va togʻlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonlar bilan toʻla. Mashhur Toyotomi Onsen issiq bulogʻi janubi-sharqdagi togʻli mintaqada joylashgan.

  • Daryolar: Sarobetsu daryosi, Shimo-Ebekorobetsu daryosi
  • Koʻllar: Kabutonuma botqoqligi, Penkenuma botqoqligi, Naganuma botqoqligi
  • Togʻlar: Toryu dovoni

Toyotomida sut sanoati rivojlangan. Hududda 16000 dan ortiq sogʻin sigirlar yashaydi. Toyotomidagi sigirlar soni shahar aholisidan toʻrt baravar koʻp. Toyotomi Xokkaydodagi eng yirik sut ishlab chiqaruvchisidir. Har yili shaharda 72,000 tonna sut ishlab chiqariladi. Hokkaydo Sarobetsu Milk (sobiq Xokkaydo Toyotomi Milk) brendi ostida sotiladigan Toyotomida ishlab chiqarilgan sut butun Xokkaydoda keng isteʼmol qilinadi. Shaharda fermerlikka qiziquvchi yoshlar faol ravishda ishga qabul qilinib, oʻqitilmoqda[2].

Soʻnggi yillarda Toyotomida pasterizatsiyalangan sut ishlab chiqaradigan Misawa Farm, pishloq va gelato kabi tabiiy sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Kōbō Retie va dudlangan choʻchqa goʻshti hamda kolbasa ishlab chiqaruvchi Sarobetsu Farm kabi bozorni yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini bilan taminlovchi korxonalar soni oʻsib bormoqda.

Oʻrmonchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrmonlar shaharning umumiy maydonining 52% ni egallaganligi sababli, oʻrmon xoʻjaligi Toyotomida asosiy sanoatdir. Toyotomi oʻrmonlarini saqlash rejasini amalda qoʻllash orqali shahar oʻz oʻrmonlarini muntazam ravishda saqlaydi va parvarish qiladi.

Koʻmir konlari yopilganidan keyin aholi soni qisqara boshlagan shahar sanoati turizm sohasiga ham kirib bordi. Toyotomi shahriga har yili 30,000 dan ortiq sayyoh tashrif buyuradi.

Toyotomining asosiy turistik diqqatga sazovor joyi Yaponiyaning eng shimoliy issiq bulogʻi deb hisoblangan Toyotomi Onsendir. Onsen suvi teri kasalliklarini davolashda yordam beradi deb hisoblanganligi sababli, koʻplab teri kasalliklari bilan kasallanganlar, shuningdek, sayyohlar har yili Toyotomiga tashrif buyurishadi.

Soʻnggi yillarda shaharchaning bepoyon dehqonchilik yerlari turizm manbai sifatida eʼtirof etilayotgani sababli, dala restoranlari va sut mahsulotlari savdosi oshmoqda.

Oʻtmishda Toyotomida togʻ-kon sanoati rivojlangan boʻlib, unda koʻmir, neft va tabiiy gaz ishlab chiqarilar edi. Biroq, koʻmir qazib olish rentabelligining pasayishi tufayli Toyotomi koʻmir konlari yopildi. Mintaqadagi neft zaxirasi miqdori qazib olish operatsiyalarini oqlash uchun yetarlicha koʻp emas.

Hudduda qazib olingan tabiiy gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanilgan, lekin uskunalar eskirganligi va rentabellik muammolari tufayli 1975-yilda zavod faoliyati toʻxtatilgan. Hozirda tabiiy gazdan Toyotomi Onsendagi suvni isitish uchungina foydalanilmoqda.

Toyotomidagi Vakasakanai porti hokkigai molyuskalari bilan butun yaponiyada mashxurdir.

  1. „About Toyotomi“.
  2. „Upper Sarobetsu (Toyotomi) Farming Information Map“. 上サロベツ(豊富町)農業情報マップ. Wakkanai Development and Construction Department, Toyotomi Agricultural Administration (2013-yil aprel). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.