Kontent qismiga oʻtish

Transuran elementlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Transuran Elementlardan yoʻnaltirildi)

Transuran elementlar - Mendeleyev davriy sistemasitsa urandan soʻng joylashgan (at. raqami Z>93 boʻlgan) kimyoviy elementlar. Transuran elementlar nisbatan tez radioaktiv parchalanishi tufayli Yer poʻstida aytarli miqdorda saqlanib qolmagan. Yerning yoshi 510’ yilga yaqin, eng uzoq yashovchi Transuran elementlar izotoplarining yarim yemirilish davri esa 107 yildan kichik. Yer kurrasi paydo boʻlganidan boshlab nukleosintez jarayonida hosil boʻlgan. Transuran elementlar yo butunlay parchalanib bitgan yoki ular miqdori keskin kamayib (1012 martagacha) ketgan. Eng uzoq mavjud boʻluvchi Transuran elementlardan hisoblangan plutoniy (244Ri)ning tabiiy minerallarida nihoyatda kichik miqdori topilgan. Balki u Yer kurrasi paydo boʻlgan paytdan boshlab saqlanib qolgandir. Uran rudalarida neptuniy (237Np) va plutoniy (239Ri) yuqlari topilgan.

Dastlabki Transuran elementlar 20-asrning 40-yillarida AQSH da E. Makmillan va G. Siborg boshchiligida bir guruh olimlar tomonidan sintezlab topilgan. Transuran elementlar nishonni neytron oqimi yoki zaryadlangan zarrachalar bilan nurlatish yoʻli bilan olinadi. Agar nishon sifatida uran U ishlatilsa, kuchli neytron oqimi yordamida Fm(Zq100) gacha boʻlgan barcha Transuran elementlar ni olish mumkin. Md101 (mendeleyeviy) elementi 1955-yilda 99Es (eynshteyniy) elementini tezkor azarrachalar bilan nurlatib kashf qilindi. Z>101 boʻlgan elementlar zaryadlangan zarrachalar tezlatkichida [Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti siklotroni (OIYAI; Dubna, Rossiya) va ogʻir ionlar chizikli tezlatkichi "Xaylak" (Berkli, AQSH)]da olindi.