Kontent qismiga oʻtish

Tuverqir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Tuarqirdan yoʻnaltirildi)

Tuverqir, Tuarqir — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi past togʻli hudud. Shim.sharqda Uchtagan qumligi, jan.gʻarbda Chilmamedqum, shim.gʻarbda Qoraboʻgʻozboʻyi tekisligi va jan.sharqsa qad. Oʻzboʻy oʻzani orasida. Bu yerda Begendzaaliqir (300 m), Qoʻymattogʻ (305 m), Tuverqir (295 m), Begiarslon (460 m), Irsirayebobo (274 m), Oqqir (435 m), Takejik (356 m) va boshqa togʻlar bor.

Choʻl zonasida. Yiliga 95–100 mm yogʻin tushadi. Yanvarning oʻrtacha trasi —2, —4°, eng past temperatura —24°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 45°. T.da boʻzqoʻngʻir qumoq va qumloq tuproqlar, ondasonda shoʻrxok, qumli choʻl tuproqlari, taqir va koʻchma qumlar uchraydi. Tetir, shuvoq, biyurgʻun, boyalich, qumlarda yulgʻun, cherkez, oq saksovul, rang, sarsazan oʻsadi.