Kontent qismiga oʻtish

Tugʻilganlik haqida guvohnoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Tug'ilganlik Haqida Guvohnomadan yoʻnaltirildi)

Tugʻilganlik haqida guvohnoma— bolaning tugʻilganligi, uning otaonasi kim ekanligini tasdiklovchi hujjat. Bolaning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, bola tugʻilgan joydagi yoki otaonasidan birining doimiy yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organida amalga oshirilishi lozim. Tugʻilganlik haqidagi ariza bola tugʻilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida berilishi zarur. Tugʻilganlikni qayd etish uchun: tibbiyot muassasasining bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomasi, otaonalarining pasportlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza taqdim etiladi. Tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga Tugʻilganlik haqida guvohnomag. hamda sugʻurta kassasiga topshirish uchun maʼlumotnoma beriladi. Egizak (2 va undan ortiq) bolalar tugʻilganda ularning har biri uchun tugʻilganlik haqida tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilishi kerak, ular asosida tugʻilganlik haqida alohidaalohida dalolatnoma yozuvlari, ularning har biriga alohida Tugʻilganlik haqida guvohnoma g. beriladi. Ulik tugʻilgan bolaning tugʻilganligini, shuningdek, hayotining 1haftasida oʻlgan (perinatal oʻlim) bolalarning tugʻilganligini va oʻlimini qayd etish tibbiy muassasa arizasiga binoan, shu hududdagi FHDYO organida 24 soat ichida amalga oshiriladi. Ushbu harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ʻʻOʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida’’gi 171sonli qarori (1999-yil 1-aprel) 1ilovasi bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari asosida bajariladi.