Kontent qismiga oʻtish

Turkiy davlatlar tashkilotining 1-sammiti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Turkiy kengash sammiti (2022)dan yoʻnaltirildi)
9-Turkiy kengash sammiti
Mezbon davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sana 2022-yil 11-noyabr[1]
Shaharlar Samarqand
Avvalgi Istanbul sammiti

Turkiy davlatlar tashkilotining 1-sammitiTurkiy davlatlar tashkilotining 2022-yil 11-noyabr[1] kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtilishi kutilayotgan sammiti. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan keyin hisob boʻyicha 1-sammitidir (aslida 9-sammit)[2][3][4].

Qatnashchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qatnashchilar[5]
F.I.Sh. Lavozim Mamlakat
1 Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
2 Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
3 Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Turkiya prezidenti Turkiya bayrogʻi Turkiya
4 Ilhom Aliyev Ozarboyjon prezidenti Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
5 Qosim-Joʻmart Toʻqayev Qozogʻiston prezidenti Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
6 Sadir Japarov Qirgʻiziston prezidenti Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
7 Viktor Orban Vengriya bosh vaziri Vengriya bayrogʻi Vengriya


Ushbu tadbirda 5 ta a’zo mamlakat — Oʻzbekiston[6], Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston rahbarlari va 2 ta kuzatuvchi davlat — Turkmaniston hamda Vengriya davlatlari rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda[7].

Shuningdek, Tashkilot Bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Turkiy meros va madaniyat fondi prezidenti, Xalqaro turkiy akademiya prezidenti vazifasini bajaruvchisi, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi ham ishtirok etishadi[7].

Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra Shimoliy Kipr bu sammitda ishtirok etmaydi[8].

Asosiy masalalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammitning kun tartibidan qoʻshimcha transport koridorlarini tashkil etish transport, bojxona xizmatlariga doir jarayonlarni soddalashtirish, savdo aloqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar oʻrin olgan[9].

Uchrashuv chogʻida davlat rahbarlari iqtisodiy, transport va savdo masalalarini muhokama qiladi. Sammitda tashkilotning kelasi 5 yilga moʻljallangan strategik harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda[10].

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni “Turk dunyosining eng oliy medali” va Oʻzbekiston milliy medali bilan taqdirlash rejalashtirilgan[10].

Ushbu sammitda Oʻzbekiston tashkilotga raislikni qabul qilib oladi[9][11].

Imzolanadigan hujjatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand sammitida 10 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda[7]. Sammitda transport sohasidagi bogʻliqlik boʻyicha, tashkilot ichki tuzilmasini mukammallashtirishga oid boʻlgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tadbirning asosiy hujjati bu — tashkilotga a’zo mamlakatlarning muhim mintaqaviy va global muammolar boʻyicha mujassamlashgan pozitsiyalari ifodalangan Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi boʻladi[7][9].

2022-yilning 8—11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan „Samarqand“ aeroporti vaqtincha yopiladi. Samolyotlarni qabul qilish va parvozga chiqarishni vaqtincha toʻxtaydi. „Uzbekistan Airpors“ tarqatgan xabarga koʻra, aeroportni tijoriy yoʻlovchi va yuk tashish reyslari uchun vaqtincha yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan[12]. Shuningdek, Samarqand viloyat IIB tarqatgan xabarga koʻra, 10—11-noyabr kunlari shaharga kirish yoʻllari vaqtincha yopiladi. Viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilladi. Maxsus flayerlar ishlab chiqilib, haydovchilar flayerdagi QR kod yordamida mobil ilova orqali yoʻllarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yoʻllarni koʻrishlari mumkin[13][14].

  1. 1,0 1,1 „Summit Meeting of the Heads of State / Government of the Organization of Turkic States - Samarkand, Uzbekistan“ (inglizcha).
  2. „Samarqandda 11-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi“ (oʻzbekcha). Daryo.uz (2022-yil 3-oktyabr).
  3. „11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi“ (oʻzbekcha). gazeta.uz (4-dekabr).
  4. Министерство иностранных дел Республики Узбекистан PDF
  5. „Самарқандда Туркий давлатлар ташкилотининг саммити бўлиб ўтади“ (oʻzbekcha). president.uz. Qaraldi: 4-dekabr.
  6. „Саммит Организации тюркских государств пройдёт 11 ноября в Самарканде“ (ruscha). gazeta.uz. Qaraldi: 4-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 „Prezidentning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi“ (oʻzbekcha). gazeta.uz. Qaraldi: 4-dekabr.
  8.  RIAN (ruO) Telegram mesenjerida
  9. 9,0 9,1 9,2 „Turkiy tashkilot Samarqand sammitida Oʻzbekiston ushbu xalqaro tuzilmaga raislikni qabul qilib oladi“ (oʻzbekcha). kun.uz. Qaraldi: 4-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „Самарканд готовится к первому саммиту Организации тюркских государств“ (ruscha). turkmenportal.com. Qaraldi: 4-dekabr.
  11. „Туркий давлатлар ташкилотининг Самарқанд саммитида Ўзбекистон ушбу халқаро тузилмага раисликни қабул қилиб олади“ (oʻzbekcha). dunyo.info. “Дунё” АА (4-dekabr). Qaraldi: 4-dekabr.
  12. „«Samarqand» aeroporti vaqtincha yopiladi“ (oʻzbekcha). kun.uz. Qaraldi: 4-dekabr.
  13. „10-11-noyabr kunlari Samarqandga kirish yoʻllari vaqtincha yopiladi“ (oʻzbekcha). kun.uz. Qaraldi: 4-dekabr.
  14.  Samarqand IIV (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida