Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Ubaydullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdulla Muharramovich Ubaydullayev (1934.20.3, Toshkent) — pulmonolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi (1998), tibbiyot fanlari doktori (1974), professor (1979). ToshTIni tugatgach (1958), Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida klinik ordinator (1958 — 60), aspirant (1961 — 64), assistent (1964—65), dotsent (196670), terapiya fti dekani (1974 — 86), pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri (1978-yildan), 1986-yildan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori. Oʻzbekistonda pulmonologlar maktabi asoschisi.

Ilmiy faoliyati Oʻzbekistonda nafas aʼzolari kasalliklarining epidemiologiyasi, bronxial astma va oʻpka surunkali obstruktiv kasalliklarining genetik omillarini oʻrganish, sil kasalligini erta aniqlash, yondosh kasalliklar bilan kechuvchi silning patogenezi, silga qarshi doridarmonlarning nojoʻya taʼsirini nazarda tutib, bezarar usullardan foydalangan holda kompleks davolashning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga oid.

Oʻzbekiston ftiziatrlar va pulmonologlar ilmiy jamiyati raisi (1986-yildan), Yevropa respirator jamiyati hamda Xalqaro sil va oʻpka kasalliklariga qarshi kurash ittifoqi aʼzosi (Parij). "Interastma Rossiya — MDH jamiyati" boshkaruv aʼzosi (Moskva), Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti. "Vestnik" — Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi jurnali bosh muharriri (1994).

  • Funksionalnie metodi diagnostiki v pulmonologii (v soavtorstve), T., 1997; Oʻpka sarkoidozi (hamkorlikda), T., 2000; Bronxialnaya astma (v soavtorstve), T., 2001; Nafas organlari kasalliklari, T., 2004.