Uch jism masalasi
Qiyofa
(Uch Jism Masalasidan yoʻnaltirildi)
Uch jism masalasi (astronomiya da) — butun olam tortishish qonuniga muvofiq oʻzaro tortishuvchi uch jism harakati haqidagi masala. Bunda jismlar moddiy nuqtalar deb olinadi. Bunday deb olish uchun ular sharsimon shaklda, oralikdagi masofa ularning xususiy oʻlchamlariga nisbatan juda katta boʻlishi kerak. Bir qancha osmon jismlari, mas, Kuyosh, sayyoralar va ularning yoʻldoshlari bu shartni yetarli darajada qanoatlantiradi. 1912-yilda fin astronomi K.F. Sundman Uch jism masalasim. umumiy yechimini cheksiz qatorlar koʻrinishida chiqardi, biroq bu yechim murakkab boʻlgani sababli amaliy maqsadlarda foydalanilmaydi. Uch jism masalasim. faqat maxsus boshlangʻich shartlar qoʻyilgandagina toʻla yechimga ega boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |