Kontent qismiga oʻtish

Uchinchi shaxslar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uchinchi Shaxslardan yoʻnaltirildi)

Uchinchi shaxslar - fuqarolik huquqida bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etmaydigan, lekin vujudga kelgan huquqiy munosabatda muayyan darajada huquq va majburiyat tugʻdiradigan subʼyektlar. Oʻzbekiston Respublikasining FK ga koʻra, Uchinchi shaxslarga u yoki bu darajada huquq va majburiyat tugʻdiradigan normalar: Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi (FKning 334moddasi), ijaraga topshirilayotgan molmulkka nisbatan Uchinchi shaxslarning huquqlari (FKning 543moddasi), transport vositasidan foydalanish haqida Uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar (FKning 569moddasi), tekin foydalanishga topshirilayotgan ashyoga Uchinchi shaxslarning huquqlari (FKning 622moddasi), omonatchining hisobvaragʻiga Uchinchi shaxslarning pul mablagʻlari qoʻyilishi (FK ning 767moddasi, Uchinchi shaxslarning huquklari boʻlgan molmulkni ishonchli boshqarish (FKning 856moddasi) va boshqalardan iborat. Fuqarolik protsessidadaʼvogar bilan javobgar oʻrtasidagi nizoning hal etilishidan manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslar. Uchinchi shaxslar daʼvogar yoki javobgar sifatida fuqarolik protsessida ishtirok etmaydi, biroq, sud tomonidan chiqariladigan hal qiluv qarori ularning huquq va majburiyatlariga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Manfaatdorlik xarakteriga koʻra, bunday shaxslar mustaqil talablar bilan arz qiluvchi (mustaqil daʼvo qiluvchi) va mustaqil talablar bilan arz kilmaydigan (mustaqil daʼvolari boʻlmagan) Uchinchi shaxslarga ajratiladilar (FPKning 44—45moddalari). Mustaqil talablar bilan arz qiluvchi Uchinchi shaxslar ikkalatomonga yoki ulardan biriga umumiy asoslarda daʼvo qilib, boshlanib ketgan protseyesga kirishadi. Bunday turdagi Uchinchi shaxslar daʼvogarning barcha huquklaridan foydalanadi va barcha majburiyatlariga ega boʻladi. Mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan Uchinchi shaxslar agar ish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning tomonlardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga taʼsir eta olsa, ishga daʼvogar yoki javobgar tomonida turib kirishadi (oʻz tashabbusi boʻyicha, tomonlarning yoki prokurorning iltimosi boʻyicha jalb etiladi). Ular daʼvoning asosini va predmetini oʻzgartirish yoki kamaytirish, shuningdek, daʼvodan voz kechish, daʼvoga iqror boʻlish yoki kelishuv bitimi tuzishdan boshqa hamma protsessual huquqpardan foydalanadi va tegishli protsessual majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.