Kontent qismiga oʻtish

Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

Koordinatalari: 57°17′0″N 52°45′0″E / 57.28333°N 52.75000°E / 57.28333; 52.75000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Udmurt ASSRdan yoʻnaltirildi)
Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Удмурт АССР

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Tarkibida RSFSR
Maʼmuriy markazi Ijevsk
Asos solingan sanasi 1920-yil 4-noyabr
Bekor qilingan sanasi 1991-yil 11-oktabr
Rasmiy tillar rus tili & udmurt tili
Aholi 1 million 418 ming kishi (1970)
Maydoni 42100 km²
Xaritada
Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xaritada
57°17′0″N 52°45′0″E / 57.28333°N 52.75000°E / 57.28333; 52.75000

Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Udmurt ASSR, UASSR) — poytaxti Ijevsk shahri boʻlgan RSFSR tarkibidagi avtonom respublika. 1991-yilning 11-oktyabrida Udmurt Respublikasi deya qayta nomlangan[1].

1920-yil 4-noyabrda Votskaya (1932-yildan Udmurt) avtonom viloyati sifatida tashkil etilgan boʻlsa, 1934-yil 27-dekabrda Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi „Avtonomiyani oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi masalani koʻrib chiqdi. Ushbu qonun boʻyicha Udmurt viloyati avtonom Udmurt Respublikasiga aylantirildi[2].

Udmurt ASSRning birinchi Konstitutsiyasi 1937-yil 14-martda Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Sovetlarining II navbatdan tashqari s’ezdi tomonidan qabul qilingan. Birinchi Konstitutsiya Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining RSFSR tarkibidagi maqomini tasdiqlashga xizmat qiladi. Konstitutsiya Udmurt va rus tillarini davlat tili sifatida belgilab beradi[3]. Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1937-yil 22-oktyabrdagi farmoni bilan Kirov viloyatidan Udmurt ASSR tarkibiga Votkinsk, Sarapul, Karakulin va Kiyasov tumanlari oʻtkazildi[3].

1990-yil 20-sentyabrda Udmurt ASSR Oliy Kengashi respublika suverenitetini eʼlon qilgan[4]. 1991-yil 24-mayda RSFSR Xalq deputatlari qurultoyi RSFSR Konstitutsiyasining 71-moddasida respublikani Udmurt Sovet Sotsialistik Respublikasi[5] deb atagan tuzatishni eʼlon qildi.1938-yil iyun oyida RSFSR va UASSR Oliy Sovetlariga, 1939-yil dekabrda esa mahalliy sovetlarga saylovlar boʻlib oʻtdi. Saylovchilarning 99 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi. Partiya organlari tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ko‘pchilik ovozi bilan saylandi[3].

1970-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra respublikaning umumiy aholisi 1 million 417,4 ming kishini tashkil etgan[1]. Aholining asosiy qismi ruslar (57%) va udmurtlar (34,1%) hisoblanadi.

Millati Aholi
ruslar 809,6 ming
udmurtlar 484,2 ming
tatarlar 87,2 ming
ukrainlar 10,3 ming
  1. 1,0 1,1 Туганаев 2008.
  2. Н. П. ИнфоРост. „Постановление Политбюро ЦК ВКП(б) «О преобразовании Удмурдской области в республику». 27 декабря 1934 г.“. docs.historyrussia.org. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Васильева, Дмитриев, Куликов и др. 2005.
  4. „ПОСТАНОВЛЕНИЕ ВС УАССР ОТ 20.09.90 N 83-XII О ГОСУДАРСТВЕННОМ СУВЕРЕНИТЕТЕ УДМУРТСКОЙ РЕСПУБЛИКИ“. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-aprel.
  5. Zakon RSFSR ot 24 maya 1991 goda № 1326-I „Ob izmeneniyax i dopolneniyax Konstitutsii (Osnovnogo Zakona) RSFSR“
  • Васильева О. И., Дмитриев П. Н., Куликов К. И. и др.. История Удмуртии: XX век. Ижевск: Институт истории, языка и литературы УрО РАН, 2005 — 101-bet. ISBN 5-7691-1649-8. 
  • Udmurtskaya Respublika : Ensiklopediya / gl. red. V. V. Tuganaev. — 2-e izd., ispr. i dop. — Ijevsk : Izdatelstvo „Udmurtiya“, 2008. — 768 s. — 2200 ekz. — ISBN 978-5-7659-0486-2.