William James
Qiyofa
(Uilyam Jemsdan yoʻnaltirildi)
Uilyam Jeyms | |
---|---|
Jeyms 1903-yilda | |
Tavalludi |
11-yanvar 1842 Nyu-York Siti, AQSh |
Vafoti |
26-avgust 1910 Tamvort, Nyu-Xempshir, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Otasi | Genri Jeyms Sr. |
Onasi | Mary Walsh James |
Qarindoshlari |
Genri Jeyms (akasi) Elis Jeyms (singlisi) |
William James (talaffuzi: Uilyam Jems) (1842.11.1, Nyu-York— 1910.26.8, Chokorua, NyuXempshir) – amerikalik faylasuf va psixolog. Garvard universiteti professor (1872— 1907). Materializmga qarshi „radikal empirizm“ namoyandasi va pragmatizm asoschisi. James erkin ijodiy shaxs hamda voqealikning koʻp shaklliligi (qarang Plyuralizm) gʻoyalarini ilgari surdi. Psixologiyada assotsiativ nazariya (qarang Assotsiatsiya)ga qarshi boʻldi. Asosiy asarlari: „Psixologiyaning ilmiy asoslari“ (1890), „Pragmatizm“ (1902), „Koinot plyuralistik nuqtai nazardan“ (1909), „Diniy tajribaning xilma-xilligi“ (1902)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |