Kontent qismiga oʻtish

William Wallace

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uilyam Volsdan yoʻnaltirildi)
William Wallace
Tavalludi 1270-yil 3-aprel
Eldersli, Shotlandiya
Vafoti 1305-yil 23-avgust
Smitfild, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Kingdom of Scotland
Turmush oʻrtogʻi Marion Braidfute
Otasi Malkolm Wallace
Onasi Margaret Kroufold

William Wallace (talaffuzi: Uilyam Uolles) – Shotlandiyaning birinchi ritsarlaridan biri boʻlgan. Shotlandiya mustaqilligi uchun kurashgan. Endryu Moray bilan birga Wallace 1297-yil sentyabrda Stirling koʻprigi jangida ingliz qoʻshinini magʻlub etdi. U Shotlandiya himoyachisiga aylandi. 1298-yil iyulida Falkirk jangida magʻlubiyatga uchraguniga qadar xizmat qildi. 1305-yil avgust oyida Wallace Robroda qoʻlga olindi. Glazgo yaqinida Angliya qiroli Edvard I ga topshirildi, uni davlatga xiyonat va ingliz fuqarolariga qarshi jinoyatlar uchun osib oʻldirishdi.

William Wallace kichik zodagonlar oilasidan edi. Ammo uning oilaviy tarixi va hatto ota-onasi haqida juda kam narsa maʼlum. Wallace ulgʻayganida Shotlandiyani qirol Aleksandr III boshqargan.

U.Wallacening shaxsiy muhri. 1297-yilda tayyorlangan

Uning hukmronligi tinchlik va iqtisodiy barqarorlik ostida oʻtdi. 1286-yil 19-martda Aleksandr otdan yiqilib vafot etdi. Taxt uning vorisi, nabirasi, Norvegiya malikasi Margaretga oʻtdi.[1]

1290-yilda Norvegiya qirolichasi Margaret vafotidan soʻng, Shotlandiyada Mak Alpinlar sulolasining hokimiyati barham topadi. Mamlakat taxtiga daʼvogarlar soni esa oʻn uchta edi. Kuchli davogarlar sulolaga yaqin boʻlgan Jon Balliol va Robert Bryus (boʻlajak qirolning bobosi) edi. Bu kurashda gʻolib bo‘lish uchun Jon Balliol Angliya qiroli Eduard I oldiga keldi va Shotland taxtiga o‘tirish uchun undan yordam soʻradi. 1292-yil noyabr oyi boshida Bervik-apon-Tvid qasrida boʻlib oʻtgan yirik feodal sudida genealogik primogenitsiya boʻyicha katta boʻlgani uchun qonunda eng kuchli daʼvoga ega boʻlgan Jon Balliol foydasiga hukm chiqarildi. 1292-yil 30-noyabrda Eduard I ning ko‘magi bilan Shotlandiya qiroli Ioann I nomi ostida taxtga oʻtirdi.Uni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik sifatida Angliyaning Shotlandiya ustidan hukmronligini

tan oldi.[2]

Edinburg qasridagi Uilyam Wallacega bagʻishlangan monument

Inglizlarning oʻzboshimchaliklari Ioannni Fransiya va Norvegiya bilan ittifoq tuzishiga, ularga qarshi kurashishiga olib keldi. 1296-yilda Eduard I Shotlandiyaga bostirib kirdi. 27-aprelda uning qoʻshinlari Sposmur jangida Shotlandiya qoʻshinini magʻlub etdi va butun mamlakatni nisbatan osonlik bilan bosib oldi. [3]Ioann I asirga olindi, taxtdan voz kechdi va qal‘aga qamab qo‘yildi. Keyin esa Fransiyaga surgun qilindi. Taxtdan voz kechgan vassalning hukmdori sifatida Eduard I oʻzini Shotlandiya qiroli deb eʼlon qildi. Natijada mamlakat mustaqilligini yoʻqotdi. Shotlandiya qal’alariga ingliz garnizonlari kiritildi va mahalliy ruhoniylar inglizlar bilan almashtirila boshlandi. [4]

Inglizlarga qarshi kurash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1297-yilda bir vaqtning oʻzida mamlakatning bir nechta joylarida ingliz istilosiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Shimolda uni Endryu Moray, gʻarbda va markazda Uilyam Wallace boshqargan.[5] 1297-yil may oyida Wallace bir guruh sheriklari bilan Lanark sherifi Uilyam Hazelrigni oʻldirdi. Aynan shu suiqasd Shotlandiya mustaqilligi uchun birinchi urushni boshlashga qaratilgan edi. Hazelriggning oʻldirilishi bilan Wallace yozma manbalar sahifalarida paydo boʻladi. [6][7]Hujjatlarda voqelik haqida aniq xabar berilmaydi; Keyinchalik yozuvchi Blind Garri tomonidan yozilishicha, Wallace Lanarkga yashirincha tashrif buyurgan va rafiqasi Marion Braidfuit (Ser Xyu de Braidfuitning qizi, Lamingtonning merosxoʻri) uchun qasos olayotgan edi. Bu vaqtda Wallace va Marionning qizi endigina dunyoga kelgandi.[8] Blind Garrining so‘zlariga ko‘ra, Lanarkning tashriflaridan birida Wallace bilan ingliz askarlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Wallace qochib ketgan, sherif esa oʻch olish uchun xotini Marionni qatl qildi. Wallace yashiringan joyidan qatlni koʻrib qoldi. Bir muncha vaqt oʻtgach, Wallace tunda Lanarkga hujum qildi, sherif va 50 ga yaqin odamini oʻldirdi va bir nechta binolarni yoqib yubordi. U sherifning jasadini boʻlaklarga boʻlib tashladi. Shu bilan xotini Marion uchun qasos oldi.[9]

Uilyam Wallace statuetkasi. Shotlandiya milliy galereyasi, Edinburg

Sherif Lanark oʻldirilgandan soʻng, Wallace ingliz garnizonlariga qarshi faol operatsiyalarni boshladi, uning otryadi tez toʻldirila boshladi va unga boshqa isyonchi otryadlar ham qoʻshildi. Wallace bilan ittifoq tuzgan birinchi zodagon Uilyam Xardi, lord Duglas edi. Ular birgalikda Skun Abbeyga hujum uyushtirdilar, u yerda ular ingliz xazinasini egallab olishdi va Yustikarni qochishga majbur qilishdi. Duglasni jazolash uchun qirol Edvard I yosh Robert Bryusni (boʻlajak qirol) yubordi, ammo u raqibi Balliolni qayta tiklash bayrogʻi ostida oʻtkazilganiga qaramay, harakatga qoʻshildi. Wallace Shotlandiyaning markaziy va gʻarbiy qismida faol boʻlgan boʻlsa, shimolda Endryu de Moray harakatning boshida edi, janubda esa Jeyms, Shotlandiya Oliy Styuard, Robert Uishart kabi rahbarlar boshchiligida qoʻzgʻolon avj oldi. Sherif Lanark oʻldirilgandan soʻng, Wallace ingliz garnizonlariga qarshi faol kurashlarni boshladi, uning guruhiga turli joylardan tezda odamlar, boshqa isyonchi otryadlar qoʻshildi. Wallace bilan ittifoq tuzgan birinchi zodagonlar Uilyam Xardi va lord Duglas edi. Ular birgalikda Scoon Abbeyga hujum uyushtirdilar. U yerda ular ingliz xazinasini egallab olishdi va Yustikarni qochishga majbur qilishdi. [10] Wallace de Morayga qoʻshilish uchun shimolga ketdi va 1297-yil avgustida unga qoʻshildi. Bu vaqtda Fort daryosining shimolidagi butun Shotlandiya isyonchilar qoʻlida edi, faqat Dandi qalʼasi inglizlar nazorati ostida qoldi, ammo Wallace va de Moray tomonidan qamal qilindi. Ingliz gubernatori Xyu Kressingem va Surrey grafi (Spotsmurda gʻolib chiqqan) Jon de Uoren qoʻmondonligi ostidagi 10 000 kishilik armiya ularga qarshi yoʻlga chiqqanini bilib, Wallace va de Moray Dandi qamalini shahar aholisiga qoldirib, oʻzlari Stirling qalʼasi yaqinidagi Fort daryosi boʻylab dushman tomon yurishdi.[11]

1297-yil 11-sentyabrda Wallace va Endryu Moray boshchiligidagi armiya Stirling koʻprigi jangida gʻalaba qozondi. Shotlandiya armiyasi soni ancha kam boʻlsa-da, ingliz qoʻshinini magʻlub etdi. Jon de Uoren, Surrey grafi, 3000 otliq va 8000-10000 piyodadan iborat feodal armiyasi daryoning shimoliy tomoniga oʻtishganda falokatga duch keldi. Koʻprikning torligi koʻplab askarlarning guruh-guruh boʻlib oʻtishdi.

Stirling koʻprigini hozirgi koʻrinishi

Shotlandlar ingliz askarlarining yarmi oʻtib ketguncha pistirmada turishdi va tezda hujum qilishdi. Avvaliga piyodalar, keyin otliqlar jangga kirdi. Daryo tomonidan asosiy kuchlardan uzilgan avangardning oʻlimini koʻrgan Surrey koʻprikdan oʻtishni tezlashtirishga harakat qildi, ammo natijada yogʻoch koʻprik qulab tushdi. [12]Jang inglizlarga orqa tomondan zarba bergan de Moreyning hujumi bilan yakunlandi. Jangdan soʻng Moray va Wallace qirol Jon Balliol nomidan Shotlandiya himoyachilari unvonini oldilar. Moray 1297-yil oxirida jang maydonida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Ingliz armiyasi deyarli butunlay yoʻq qilindi, ingliz gubernatori Xyu Kressingem vafot etdi. Shotlandiyaliklar uning terisini shilib olishdi. Endryu de Moray ajoyib qoʻmondon edi va shu bilan birga Wallacening oʻzi kabi inglizlar bilan vatanparvar sifatida kurashardi.[13] Stirling jangidan keyin deyarli butun Shotlandiya inglizlardan ozod qilindi.

Stirling boʻyidagi jang. XIX asrda chizilgan surat

Shotlandiya baronlari qirol Ioann I yoʻqligida Wallaceni Shotlandiya vaqtinchalik regent etib sayladilar.[14] Taxminan 1297-yil noyabrida Wallace Shimoliy Angliyaga, Nortumberlend va Kamberlend orqali keng koʻlamli hujumlar uyushtirdi, Yil oxiriga kelib, „Kirk oʻrmon“da (Selkirk) marosimda Wallace ritsar unvoniga sazovor boʻldi.

Uilyam Wallace haykali. Aberdin

Wallesning yengilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1298-yil aprel oyida Eduard Shotlandiyaga ikkinchi marta bostirib kirishni buyurdi. Jangdan ikki kun oldin 25 781 piyoda askarlar qurollantirilib, ularga pul tarqatildi. Otliqlar qanchaligi haqida aniq manbalar yoʻq, ammo Eduard qoʻmondonligi ostida taxminan 1500 ot boʻlgan deb taxmin qilish mumkin. Ular Lotianni talon-toroj qilishdi va bir qancha qalʼalarni qaytarib olishdi, lekin Uilyam Wallaceni qoʻlga tushira olmadilar. Shotlandlar ingliz armiyasining taʼminoti tugaguncha hujum qilmoqchi emasdi. Ingliz askarlarining ruhiy holati va oziq-ovqat taʼminotini yetishmasligi Eduardning oʻz armiyasidagi gʻalayon kelib chiqishiga sabab boʻldi. Uning otliqlari buni bostirishga toʻgʻri keldi. Iyul oyida Eduard Edinburgga taʼminot uchun qaytishni rejalashtirayotganda, shotlandlar uzoq vaqtdan beri orzu qilgan jangga kirishish uchun saflandilar. 1298-yil 22-iyulda Falkirk jangi boʻlib oʻtdi. Otliq qoʻshinlarining zaifligini qoplash uchun Wallace mudofaa taktikasiga murojaat qilib, piyoda askarlarni dumaloq shiltronlarda joylashtirdi, ularni toʻsiq bilan oʻrab, orasiga kamonchilarni joylashtirdi. Biroq, lordlar boshliq otliqlar unga xiyonat qilib jangdan chekinishdi. Bu jang taqdirini hal qildi. Wallace sentyabr oyida Robert Bryus va Jon I ning jiyani Jon Komin foydasiga Shotlandiya regent lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Shundan soʻng u Fransiya-Shotlandiya ittifoqi boʻyicha muzokaralar olib borish uchun Fransiyaga joʻnab ketdi. Fransiya qiroli Filipp IV endigina qizi Izabellani Eduard I ning oʻgʻli (boʻlajak qirol Eduard II) unashtirgan. Shuning uchun Angliya uning dushmaniga aylanishini istamagan. Biroq, qirolning Rimdagi elchilariga 1300-yil 7-noyabrda yozgan maktubi saqlanib qolgan va unda u Rimdan Wallaceni qoʻllab-quvvatlashni soʻragan.[15]

Qoʻlga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shotlandiyada bu vaqtda partizanlar urushi davom etdi va 1304-yilda Wallace vataniga qaytib, bir nechta toʻqnashuvlarda qatnashdi. 1305-yil 5-avgustda u Glazgo yaqinida ingliz askarlari tomonidan qoʻlga olindi.

Wallacening sud qilinishi. Westministr sudi

Uni inglizlarga sodiq shotlandiyalik ritsar Jon de Menzeis topshirdi. Wallace Londonga olib ketildi, u yerda qirol Eduard shaxsan uni Vestminsterda xiyonatda ayblab sud qildi. Sud jarayonida Wallace oʻzining Angliyaga qarshi barcha xatti-harakatlarini tan oldi, ammo xiyonatda ayblovni rad etdi va shunday dedi: „Men Eduardga xoin boʻlolmayman, chunki men hech qachon uning qoʻl ostidagi odam boʻlmaganman“. U osib oʻldirish haqidagi hukm 23-avgust kuni Londonda ijro etildi. Qatl etilgandan soʻng, uning tanasi, boshi kesilgan va boʻlaklarga boʻlingan, boshi Buyuk London koʻprigiga osilgan va tananing boshqa qismlari Shotlandiyaning eng yirik shaharlari — Nyukasl, Bervik, Stirling va Pertda odamlarga inglizlarga qarshi bosh koʻtarganing holi shu deb namoyish etilgan.[16]

Caption text
Muhim janglar Hududi Vaqti Sarkardalar Gʻalaba
Lanarkka yurish Lanark, Shotlandiya 1297-yil may Uilyam Wallace vs Uilyam Hezelrig Shotlandiya
Skonega yurish Skone,Shotlandiya 1297-yil iyun Uilyam Wallace va UilyamDuglas vs Uilyam Ormsbey Shotlandiya
Stirling koʻprigi boʻyidagi jang Stirling, Shotlandiya 1297-yil 11-sentyabr Uilyam Wallace, Andryu Moray vs Surreyning 6-grafi Shotlandiya
Falkrikdagi jang Falkrik, Shotlandiya 1298-yil 22-iyul Uilyam Wallace vs Eduard I Angliya
Hepryu janggi Pibls yaqinida, Shotlandiya 1304-yil 20-fevral Uilyam Wallace, Simon Fraser vs Jon Segreyv, Uilyam Latimer,Robert the Bruce Angliya

Bagʻishlovlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stirling koʻprigi va Uilyam Wallace monumenti
  • Uilyam Wallace-Shotlandiya mustaqilligi uchun kurashning faol ishtirokchisi, Shotlandiya adabiyotining bir qator ajoyib asarlarining qahramoni. Blind Garrining „Ser Uilyam Wallacening harakatlari, Eldersli ritsarlari“ (XV asr) asarining bosh qahramoni.
  • 1869-yilda Shotlandiyaning Stirling shahrida Uilyam Wallace sharafiga Wallace yodgorligi deb nomlanuvchi 67 metrli minora qurilgan.
  • Blind Garri poemasi asosida „Sher yurak“ badiiy filmi 1995-yilda yaratilgan (rejissyor va bosh rolni Mel Gibson ijro etgan). Lekin filmda koʻplab tarixiy noaniqliklar uchun tanqidchilar nishoniga aylangan, muxlislar tomonidan esa iliq kutib olingan.
  • Iron Maiden 1998 yilda „Virtual XI“ albomida chiqarilgan „The Clansman“ qoʻshigʻIni „Braveheart“ filmi uchun yozdi. Qo‘shiq naqaroti „Ozodlik“ soʻzidan iborat.
  • 1996-yilda Germaniyaning „Grave Digger“ guruhining Shotlandiya mustaqilligi uchun kurashga bagʻishlangan „Tunes of War“ albomi chiqdi. Unda „Uilyam Wallace“ qoʻshigʻi ham mavjud.
  • Sankt-Peterburglik Heavy guruhi StormLand oʻzining „Freedom“ debyut albomida Uilyam Wallacega ikkita qoʻshiq bagʻishladi: „Falkirk jangi“ va „I Do Believe“.
  • Wallace Germaniyaning R.A.C. guruhi Landserning „Rebell“ („Isyonchi“) qoʻshigʻida tilga olinadi, unda qoʻshiq boshida Gibson filmidan musiqa mavjud.
  • Shvetsiyaning Civil War guruhi „Gods And Generals“ albomida Uilyam Wallacega bagʻishlangan Braveheart qoʻshigʻini yozdi. Qoʻshiq uchun video suratga olindi, uning syujeti „Sher yurak“ filmigaoʻxshagan, ammo tarixiy haqiqatga yaqinroq.
  • 1828 yilda Uolter Skot „Sir Uilyam Uollsga“ hikoyasini yozdi.
  • G.A.Xenti bu davr haqida Ozodlik uchun: Wallace va Bryusning hikoyasi (1885) nomli roman yozdi.
  • Gollandiyaning Imperia simfonik metall guruhining „Queen Of Light“ albomida Wallacega bagʻishlangan „Braveheart“ qoʻshigʻi mavjud.
  • Bridge of Allan (Shotlandiya)dagi pivo zavodi „Uilyam Wallace“ nomiga qoʻyilgan.