Ulan-bator universiteti
Qiyofa
(Ulan-Bator Universitetidan yoʻnaltirildi)
Ulan-bator universiteti - Mongoliyadagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1942-yil asos solingan. 1951 —61 yillarda Universitet fakultetlari negizida pedagog, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi institutlari tashkil etilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, filologiya, ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 50 mingga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 4 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |