Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻ muhammad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ulug` Muhammaddan yoʻnaltirildi)
Ulugʻ muhammad
Tavalludi 1405
Vafoti 1445
Otasi Q4205491?

Ulugʻ muhammad (? 1445) - Oltin Oʻrda xoni (1419—37, tanaffuslar bn), Qozon xonligi asoschisi, Jaloliddinning oʻgʻli, Toʻxtamishning nabirasi. Idiqu (Yedigey) vafotidan soʻng Oltin Oʻrda taxtini egallab, 1419—23 yillarda Oʻzbek ulusiga (Joʻji ulusining sharqiy qismi) ega boʻlish uchun (temuriy Shohrux bilan boʻlgan ittifoqqa suyangan holda) Baroq bilan qattiq kurash olib borgan. Baroqdan magʻlub boʻlgach, 1423-yil Volga Bulgʻoriyasiga qochgan, lekin 1426-yil Litva buyuk knyazi Vitovt koʻmagida yana Oltin Oʻrda taxtiga oʻtirgan. 1428-yil turk sultoni Murod II bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Qrimni oʻz hokimiyatiga tobe etgan. 1433-yil Moskva knyazi Vasiliy II Vasilyevichga ulugʻ knyazlik yorligʻini bergan. Oʻzaro ichki kurashlardan zaiflashgan va mamlakat ichkarisida oʻziga mustahkam tayanch topa olmagan U.M. 1437-yil taxtni Kichik Muhammadga berishga majbur boʻlgan. Oka daryosi boʻyidagi Belov shahriga qochgan, 1438-yil oʻz oʻrdasi bilan Oʻrta Volgaga koʻchgan va Volga Bulgʻoriyasi aholisini boʻysundirib, Yangi Qozon xonligini barpo etgan. Shim.Sharqiy Rusga bir necha bor yurishlar qilgan (1439-yil Moskvaga, 1444—45 yillarda Murom, Ryazan va Suzdalga). 1445-yil Moskva ulug knyazi Vasiliy II ni asir olgan. U.M. sulolasi 1521-yil barham topgan.