Kontent qismiga oʻtish

Katta juz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ulugʻ Juzdan yoʻnaltirildi)

Kattajuz, Ulugʻ juz (Uli juz, uyshun) — Yettisuv (Qozogʻiston)dagi xoʻjalik va geografik jihatdan ajralib turuvchi hudud. Katta juz hududida miloddan avvalgi 7—4-asrlarda saklar ittifoqi, 3—2asrlarda Usun qabilalar ittifoqi, undan soʻng Gʻarbiy Turk xoqonligi, qarluqlar davlati va boshqa vujudga kelgan. 16-asr boshlarida Katta juzning shakllanish jarayoni yakunlangan. Katta juz dugʻlot, qoʻngʻirot, qipchoq, olchin, qangʻli, alban, jaloyir, sirgʻali, shanshqili, uyshun va boshqa qabilalar birlashmasidan iborat boʻlib, Toshkent xoniga boʻysungan. Katta juz aholisi, asosan, koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan. Koʻchmanchilar oʻtroq qishloq dehqonlari bilan chambarchas bogʻlangan. 16—18-asrlarda Katta juz hududida bir necha xonliklar tashkil topib, ular tashqi dushmanga qarshi kurashda maʼlum rol oʻynagan. Bu kuchlarni bartaraf qilmoq niyatida Oʻrta juz xoni Tovkaxon (1680—1718) ham uchchala juzlikni birlashtirishga muvaffaq boʻldi, lekin bu birlik uzoqqa choʻzilmadi. 1752-yil Rossiya Omskdan Petropavlovsk orqali Orenburggacha oʻz mudofaa chegarasini kuradi. U 11 istehkom, 33 qoʻriqchilik posti va 42-mayoqni oʻz ichiga olib, 3642 kazak joylashtirilgan. 1798-yil Katta juzning bir qismi Toshkent hokimi Yunusxoʻja ixtiyoriga oʻtdi. Katta juz hududida Kenesari qoʻzgʻoloni kuchayib (1837—41), u bostirilgach, Katta juz 1847-yil rus qoʻshinlari tomonidan bosib olinadi; oʻrniga Sibir, Orenburg va Ural kazak qoʻshinlari joylashtiriladi. 19-asr Katta juzning qozoq aholisi 550 mingga yaqin kishini tashkil qilgan.

  • Velyaminov-Zernov V. V., Istoricheskiye izvestiya o kirgizkaysakax i snosheniyax Rossii s Sredney Aziyey so vremeni konchini Abulxayrxana (1748—65), t. 1— 2, Ufa, 1853; Asfendiarov S. D., Istoriya Kazaxstana, t. 1, Alma-Ata — M., 1935; Tinishpayev M., Materiali k istorii kirgiz-kazakskogo naroda, T., 1925.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil