Kontent qismiga oʻtish

Undov gap

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Undov Gapdan yoʻnaltirildi)

Undov gap — soʻzlovchining ichki his-hayajonini, voqelikka boʻlgan turlicha emotsional munosabatlarini ifodalovchi gap. Undov gap oʻziga xos tuzilishga va grammatik belgilarga ega. Undov gap da ohangning ro'li katta boʻlib, qanday mazmun ifodalanishiga qarab, ohang ham oʻzgarib turadi. Undov gap larda hayratlanish, taajjub, zavqlanish, orzu-umid, achinish, qoʻrqish kabi emotsional mazmun ifodalanishi mumkin. Odatda, his-hayajon ifoda qilayotgan soʻz kuchli ohangga ega boʻladi. Masalan, Eh, bu vodiy naqadar goʻzal! Bu kunlarga kim yetdiyu, kim yetmadi! (Oʻ. Hoshimov). Undov gaplarning tarkibida undov soʻzlar, yordamchi soʻzlar ishtirok etishi mumkin. Bunday gaplarda fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalanganligi uchun baʼzi adabiyotlarda ular his-hayajon gap deb ham yuritiladi va koʻpincha ular oxiriga undov belgisi qoʻyiladi.